Andijonda “Dunyo sadolari” xalqaro milliy estrada festivali bo‘lib o‘tadi

© Press-slujba prezidenta TadjikistanaNatsionalniy muzikalniy instrument karnay
Natsionalniy muzikalniy instrument karnay - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2023
Obuna bo‘lish
Xalqaro festivalda jahonning 86 ta mamlakatidan milliy estrada xonandalari ishtirok etishi kutilmoqda.
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Andijon viloyatining Xonobod shahrida iyun oyida “Dunyo sadolari” xalqaro milliy estrada festivali o‘tkaziladi.

“Davlat rahbari tashabbusi bilan Madaniyat va turizm vazirligi hamda Andijon viloyati hokimligi bilan hamkorlikda iyun oyida yirik ko‘lamdagi “Dunyo sadolari” xalqaro milliy estrada festivalini o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz. Festival kunlari iyun oyining uchinchi dekadasiga mo‘ljallanmoqda. Mazkur tadbirni o‘tkazish mahalliy budjet hisobidan moliyalashtiriladi”, - dedi Andijon viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Marhabo Sattorova Sputnik muxbiri bilan suhbatda.

Xalqaro festivalda jami 86 ta davlatdan milliy estrada xonandalari ishtirok etadi. Jumladan, Rossiya, Belarus, Bolgariya, Osiyo, Yevropa, Arab mamlakatlari ishtirok etish uchun murojaat qilishgan.
“Dunyo sadolari” xalqaro milliy estrada festivalida ishtirokchi xonandalar o‘zining milliy musiqiy asarlari va kompozitsiyalari bilan ishtirok etishadi.
Hozirda viloyat hokimligi ishchi guruhi Xonobod shahridagi obyektlar, infratuzilmalar, shuningdek, mavjud sharoitlarni o‘rganmoqda. Xorijiy va mahalliy mehmonlarni joylashtirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0