Si Szinpin Zelenskiy bilan gaplashib olishga tayyor — OAV

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishPredsedatel KNR Si Szinpin na seremonii podpisaniya sovmestnix dokumentov ob uglublenii otnosheniy i napravleniyax sotrudnichestva do 2030 goda mejdu Rossiyey i KNR.
Predsedatel KNR Si Szinpin na seremonii podpisaniya sovmestnix dokumentov ob uglublenii otnosheniy i napravleniyax sotrudnichestva do 2030 goda mejdu Rossiyey i KNR. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2023
Obuna bo‘lish
OAV — Makronning Xitoydagi muzokaralaridan so‘ng Si Szinpin Zelenskiy bilan gaplashishga tayyorligi ma’lum qilindi.
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Xitoy rahbari Si Szinpin to‘g‘ri vaqtni tanlab, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali gaplashib olishga tayyor. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Xitoydagi muzokaralari davomida ma’lum qilindi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Qayd etilishicha, muzokaralar chog‘ida Makron va Si Szinpin Ukrainadagi mojaroni muhokama qilishdi.
“Si Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilishga tayyor, u vaqtni tanlaydi”, — deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, Xitoy Ukrainada muloqot va barqaror tinchlik o‘rnatish yo‘lida Fransiya bilan hamkorlik qilmoqchi.
Uchrashuv chog‘ida Makron XXR yetakchisini Rossiya Federatsiyasiga qurol bermaslikka chaqirgan. Si Szinpin, o‘z navbatida, bu uning mojarosi emasligini aytgan.
Yangiliklar lentasi
0