https://oz.sputniknews.uz/20230406/rossiyada-noyob-tish-ipi-ishlab-chiqildi-33628224.html
Rossiyada noyob tish ipi ishlab chiqildi
Rossiyada noyob tish ipi ishlab chiqildi
Sputnik O‘zbekiston
Ta’kidlanishicha, ip tarkibida davolash-profilaktik moddalar yoki dori-darmonlarga ega bo‘lgan kapsula-rezervuarlar mavjud.
2023-04-06T16:59+0500
2023-04-06T16:59+0500
2023-04-06T16:59+0500
rossiya
ixtiro
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/06/33616448_0:32:3042:1743_1920x0_80_0_0_8da4f45ddcc34cbdae72e470f7cf66d9.jpg
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Sechenov universiteti mutaxassislari virusli, bakterial va zamburug‘li milk kasalliklarini davolashda yordam beradigan tish ipini ishlab chiqdi va patentladi. Bu haqda RIA Novosti universitet matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.Ta’kidlanishicha, ip tarkibida davolash-profilaktik moddalar yoki dori-darmonlarga ega bo‘lgan kapsula-rezervuarlar mavjud bo‘lib, ular ishlatilganda parchalanadi va tarkibi milkka tushadi.Texnologiya shuningdek, ushbu kapsulalar ichiga moslashtirilgan dori-darmonlarni joylashtirish imkonini beradi.Qayd etilishicha, ixtiro gigiyenani soddalashtiradi va vaqtni tejaydi, chunki kerakli dori-darmonlarni qidirish uchun kuch sarflashning hojati yo‘q. Bundan tashqari, u kam joy egallaydi va har qanday muhitda ishlatilishi mumkin.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/06/33616448_0:0:2732:2048_1920x0_80_0_0_f689997dd1192f2a159fd6fce57e250e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya tish ipi
Rossiyada noyob tish ipi ishlab chiqildi
Ta’kidlanishicha, ip tarkibida davolash-profilaktik moddalar yoki dori-darmonlarga ega bo‘lgan kapsula-rezervuarlar mavjud.
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Sechenov universiteti mutaxassislari virusli, bakterial va zamburug‘li milk kasalliklarini davolashda yordam beradigan tish ipini ishlab chiqdi va patentladi. Bu haqda RIA Novosti universitet matbuot xizmatiga tayanib
xabar berdi. “Innovatsion ip odamlarga og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasiga rioya qilish, zarur hollarda esa sayohat, xizmat safari, uzoq reyslar, ekspeditsiyalar, gastrollar va malakali stomatologiya xizmati mavjud bo‘lmagan joylarda davolanishni amalga oshirish imkonini beradi”, — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, ip tarkibida davolash-profilaktik moddalar yoki dori-darmonlarga ega bo‘lgan kapsula-rezervuarlar mavjud bo‘lib, ular ishlatilganda parchalanadi va tarkibi milkka tushadi.
Texnologiya shuningdek, ushbu kapsulalar ichiga moslashtirilgan dori-darmonlarni joylashtirish imkonini beradi.
Qayd etilishicha, ixtiro gigiyenani soddalashtiradi va vaqtni tejaydi, chunki kerakli dori-darmonlarni qidirish uchun kuch sarflashning hojati yo‘q. Bundan tashqari, u kam joy egallaydi va har qanday muhitda ishlatilishi mumkin.