Rossiya o‘z eksportini Sharqqa yo‘naltirmoqda — raqamlar
© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishTovarnie sostavi na jeleznodorojnoy stansii "Yanichkino"
© Sputnik / Yevgeniy Odinokov
/ Obuna bo‘lish
2022 yilda Rossiyaning nodo‘st G‘arb mamlkatlarga eksport ulushi kamaydi va do‘stona Sharq va Afrika mamlakatlarga - eksport miqdori oshdi.
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Rossiya eksporti o‘tgan 2022-yilda G‘arbdan Sharqqa qarab burildi.
Xususan, Rossiyaga nodo‘st mamlakatlarga eksport ulushi 58 foizdan 35 foizgacha kamaydi. Do‘st mamlakatlarga esa eksport ulushi 42 foizdan 65 foizga oshdi.
️Rossiya Hindistonga neft yetkazib berishni 22 barobarga oshirdi.
️2023 yilda Rossiya neft eksportining 80 foizdan ortig‘ini va neft mahsulotlarining 75 foizini do‘st mamlakatlarga jo‘natishni rejalashtirgan.
Reuters agentligining xabar berishicha, mart oyida Rossiyadan Cingapur va Malayziyaga mazut va vakuumli gazoyli rekord darajada yetkazib berilgan - 1,1 million tonnadan ortiq.
️Rossiyadan Xitoy va Hindistonga ko‘mir yetkazib berish 11,2% va 147,8% ga oshdi. Turkiyaga - 15-20% ga.
️Do‘stona mamlakatlarga oziq-ovqat eksporti 2022-yilda 25 foizga oshdi.
Do‘st mamlakatlar bozorlari hajmi 730 milliard dollardan oshdi.
️Rossiya g‘allasini YeOII mamlakatlariga jo‘natish 1,6 baravarga, jumladan, Belarusga (72 foizga), Qozog‘istonga (55 foizga), Qirg‘izistonga (64 foizga), Armanistonga (49 foizga) oshdi.
Financial Times ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning o‘g‘it eksportidan tushgan daromadi 70 foizga oshgan. Asosiy xaridorlar orasida - Hindiston, Turkiya va Vyetnam.
Nodo‘st davlatlar Rossiya yog‘ochlarini xarid qilishni taxminan ikki barobarga kamaytirdi. Shu bilan birga, Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlari yetkazib berishni yil davomida deyarli 18 foizga (1,2 million kub metrgacha) oshirdi.
️"Rostselmash" 2023-yilda Turkiya, Xitoy, Ozarbayjon, Turkmaniston, O‘zbekiston, Qozog‘istonga qishloq xo‘jaligi texnikasi eksportini oshirishni kutayotganini, shuningdek, yangi bozorlarga – Sudan, Misr, Janubiy Afrikaga chiqish imkoniyati mavjudligini ma’lum qildi.
G‘arb sanksiyalari
Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya
qilish bo‘yicha maxsus operatsiyani e’lon qilganidan so‘ng AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Cheklov choralar birinchi navbatda bank sektori va yuqori texnologiyali mahsulotlar yetkazib berishga qaratilgan. Ko‘plab brendlar Rossiyadan chiqib ketishdi. Rossiyaning xorijdagi aktivlari muzlatildi.
Kreml ushbu bu choralarni misli ko‘rilmagan iqtisodiy urush deb atadi, lekin voqealarning bunday rivojlanishiga tayyor ekanini bildirdi.
Rossiya banki valyuta bozorini barqarorlashtirdi, do‘st bo‘lmagan mamlakatlarga gazni rublda sotish e’lon qilindi.