https://oz.sputniknews.uz/20230406/qoqonda-talaba-qizlar-yotoqxonasiga-kamera-ornatgan-masullar-lavozimidan-ozod-etildi-33607744.html
Qo‘qonda talaba qizlar yotoqxonasiga kamera o‘rnatgan mas’ullar lavozimidan ozod etildi
Qo‘qonda talaba qizlar yotoqxonasiga kamera o‘rnatgan mas’ullar lavozimidan ozod etildi
Sputnik O‘zbekiston
Avvalroq Qo‘qon pedagogika instituti qizlar yashaydigan talabalar turar joyi xonalaridan biriga kuzatuv kamerasi o‘rnatilgani aniqlangandi.
2023-04-06T09:31+0500
2023-04-06T09:31+0500
2023-04-06T11:28+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qo‘qon
talabalar
videokameralar
saida mirziyoyeva
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/06/33611199_0:207:3271:2047_1920x0_80_0_0_09bdf617a57da764103e574238d77f6a.jpg
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Prezident administratsiyasi ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘’ba mudiri Saida Mirziyoyeva oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov bilan ta’lim sohasidagi masalalarni muhokama qildi. Bu haqda Saida Mirziyoyevaning Telegram kanalida xabar berildi.Ta’kidlanishicha, Qo‘qon pedagogika institutida sodir bo‘lgan voqea hamda talaba qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan zo‘ravonliklarning oldini olish choralari ham muhokama qilingan.Qo‘qon davlat pedagogika instituti talaba qizlari shikoyatiga ko‘ra, yuqoridagi holat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan nazoratga olingan.Shu bois, bevosita jarayonda ishtirok etib, xizmat vazifasini suiiste’mol qilgan 4 nafar mas’ul xodim, jumladan, voqeada bevosita ishtirok etgan prorektor egallab turgan lavozimidan ozod etilgan va bir nafar mutaxassisga intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.Ta’kidlanishicha, huquq-tartibot organlari tekshiruv ishlarini davom ettirmoqda.Avvalroq Qo‘qon pedagogika instituti qizlar yashaydigan talabalar turar joyi xonalaridan biriga kuzatuv kamerasi o‘rnatilgani aniqlangandi.
o‘zbekiston
qo‘qon
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/06/33611199_144:0:2873:2047_1920x0_80_0_0_e1ffd622c5a90af8f5d58e5f641b13a4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qo‘qon talabalar saida mirziyoyeva kamera voqea
qo‘qon talabalar saida mirziyoyeva kamera voqea
Qo‘qonda talaba qizlar yotoqxonasiga kamera o‘rnatgan mas’ullar lavozimidan ozod etildi
09:31 06.04.2023 (yangilandi: 11:28 06.04.2023) Voqea ishtirokchisi bo‘lgan qizlarning tazyiqsiz ta’lim olishlari kafolatlanadi, deyiladi vazirlik xabarida.
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Prezident administratsiyasi ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘’ba mudiri Saida Mirziyoyeva oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov bilan ta’lim sohasidagi masalalarni muhokama qildi. Bu haqda Saida Mirziyoyevaning Telegram kanalida
xabar berildi. Ta’kidlanishicha, Qo‘qon pedagogika institutida sodir bo‘lgan voqea hamda talaba qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan zo‘ravonliklarning oldini olish choralari ham muhokama qilingan.
“Ta’lim tizimi har qanday zo‘ravonlikka qarshi kurashni boshlashimiz kerak bo‘lgan asosiy platformalardan biridir”, - deb yozadi Mirziyoyeva.
Qo‘qon davlat pedagogika instituti talaba qizlari shikoyatiga ko‘ra, yuqoridagi holat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan nazoratga olingan.
Vazirlik inson shaxsiy hayotiga o‘zboshimchalik bilan aralashish, shaxsiy ma’lumotlarni ochiqlashga urinish kabi xatti-harakatlarni qattiq qoralaydi, ushbu holatni talaba-qizlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish deb baholaydi.
Shu bois, bevosita jarayonda ishtirok etib, xizmat vazifasini suiiste’mol qilgan 4 nafar mas’ul xodim, jumladan, voqeada bevosita ishtirok etgan prorektor egallab turgan lavozimidan ozod etilgan va bir nafar mutaxassisga intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.
“Voqea ishtirokchisi bo‘lgan qizlarning tazyiqsiz ta’lim olishlari kafolatlanadi”, - deyiladi vazirlik xabarida.
Ta’kidlanishicha, huquq-tartibot organlari tekshiruv ishlarini davom ettirmoqda.
Avvalroq Qo‘qon pedagogika instituti qizlar yashaydigan talabalar turar joyi xonalaridan biriga kuzatuv kamerasi
o‘rnatilgani aniqlangandi.