https://oz.sputniknews.uz/20230406/pora-33635052.html
Pora olganlik uchun yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum bo‘lish mumkin
Pora olganlik uchun yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum bo‘lish mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Jinoyat kodeksidagi korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirishni belgilovchi qonun Senat tomonidan ma’qullandi.
2023-04-06T20:11+0500
2023-04-06T20:11+0500
2023-04-06T20:11+0500
jamiyat
o‘zbekiston
korrupsiya
o‘zbekiston oliy majlisi senati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/0d/22179280_0:208:2000:1333_1920x0_80_0_0_e1f63b891bfdac7ae786fab72d69efaa.jpg
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Pora olganlik uchun yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi kutilmoqda. Bu haqda Senatning o‘ttiz to‘qqizinchi yalpi majlisida ma’lum qilindi.Senatorlar Jinoyat kodeksidagi korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirishni belgilovchi qonunni ko‘rib chiqishdi va qabul qilishdi.Ta’kidlanganidek, Jinoyat kodeksi “korrupsiyaga oid jinoyatlar” degan yangi atama bilan to‘ldirilib, unga ko‘ra Kodeksning tegishli moddalari, qismi va bandlarida nazarda tutilgan qilmishlar korrupsiyaga oid jinoyatlar deb topilishi belgilanmoqda hamda ushbu jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish nazarda tutilmoqda.Shuningdek, bu qonun bilan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar orqali o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, firibgarlik, soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash uchun hukm qilingan, biroq jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni to‘liq qoplamagan shaxslarga hamda pora olish, pora berish, pora olish-berishda vositachilik qilish jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish va jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish kabi normalar qo‘llanilmaydi.Qonunga muvofiq davlat organi va tashkilotlari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organi, nodavlat notijorat tashkilotining xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash belgilanmoqda.Kiritilayotgan o‘zgarishlar korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish hamda ushbu illat sodir etilganda jazo muqarrarligini ta’minlashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi direktori Akmal Burxanovning yozishicha, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish (205-modda) hamda Hokimiyat harakatsizligi (208-modda) jinoyatlari g‘arazli niyatlarda sodir etilgan bo‘lsa, besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish belgilanmoqda.Jinoyat kodeksining sakkizinchi bo‘limi Korrupsiyaga oid jinoyatlar atamasi bilan to‘ldirilmoqda va 16 ta moddada nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek, 243-moddada nazarda tutilgan, korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etish natijasida olingan daromadlarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar korrupsiyaviy jinoyatlar sifatida e’tirof etilmoqda.Qonun prezident tomonidan imzolangandan so‘ng kuchga kiradi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/0d/22179280_162:0:1939:1333_1920x0_80_0_0_1d3ffab5f3d3b96b4b138c5b61cdc546.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston oliy majlis senati korrupsiya
o‘zbekiston oliy majlis senati korrupsiya
Pora olganlik uchun yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum bo‘lish mumkin
Jinoyat kodeksidagi korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirishni belgilovchi qonun Senat tomonidan ma’qullandi.
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Pora olganlik uchun yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi kutilmoqda. Bu haqda Senatning o‘ttiz to‘qqizinchi yalpi majlisida
ma’lum qilindi. Senatorlar Jinoyat kodeksidagi korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirishni belgilovchi qonunni ko‘rib chiqishdi va qabul qilishdi.
Ta’kidlanganidek, Jinoyat kodeksi “korrupsiyaga oid jinoyatlar” degan yangi atama bilan to‘ldirilib, unga ko‘ra Kodeksning tegishli moddalari, qismi va bandlarida nazarda tutilgan qilmishlar korrupsiyaga oid jinoyatlar deb topilishi belgilanmoqda hamda ushbu jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, bu qonun bilan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar orqali o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, firibgarlik, soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash uchun hukm qilingan, biroq jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni to‘liq qoplamagan shaxslarga hamda pora olish, pora berish, pora olish-berishda vositachilik qilish jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish va jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish kabi normalar qo‘llanilmaydi.
Qonunga muvofiq davlat organi va tashkilotlari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organi, nodavlat notijorat tashkilotining xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash belgilanmoqda.
Kiritilayotgan o‘zgarishlar korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish hamda ushbu illat sodir etilganda jazo muqarrarligini ta’minlashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi direktori Akmal Burxanovning yozishicha, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish (205-modda) hamda Hokimiyat harakatsizligi (208-modda) jinoyatlari g‘arazli niyatlarda sodir etilgan bo‘lsa, besh yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish belgilanmoqda.Pora olganlik (210-modda), pora berganlik (211-modda) va pora olish-berishda vositachilik qilganlik (212-modda) uchun yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi nazarda tutilmoqda.
Jinoyat kodeksining sakkizinchi bo‘limi Korrupsiyaga oid jinoyatlar atamasi bilan to‘ldirilmoqda va 16 ta moddada nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek, 243-moddada nazarda tutilgan, korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etish natijasida olingan daromadlarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar korrupsiyaviy jinoyatlar sifatida e’tirof etilmoqda.
Qonun prezident tomonidan imzolangandan so‘ng kuchga kiradi.