O‘zbekiston ko‘p vektorli tashqi siyosat yuritishda davom etadi – Tanzila Narbayeva

© Press-slujba Senata Oliy MajlisaTanzila Kamalovna Narbayeva na zasedanii senatorov
Tanzila Kamalovna Narbayeva na zasedanii senatorov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2023
Obuna bo‘lish
Tanzila Narbayeva: O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida do‘stona qo‘shnichilik va yaqin hamkorlik darajasini yangi pog‘onaga olib chiqdi.
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekiston o‘z xalqi farovonligi yo‘lida faqat va faqat milliy manfaatlarga asoslangan pragmatik va ko‘p vektorli tashqi siyosatni olib borishda davom etadi. Bu haqda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva yuqori palatada bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, tashqi siyosatda milliy manfaatlarga asoslangan, chuqur o‘ylangan va pragmatik siyosat olib borildi. O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida do‘stona qo‘shnichilik va yaqin hamkorlik darajasini yangi pog‘onaga olib chiqdi.
“Davlatimiz rahbari tashabbusi va sa’y-harakati bilan qo‘shni mamlakatlar bilan chegaraviy masalalar samarali tarzda hal qilindi, savdo-iqtisodiy va gumanitar aloqalarning rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratildi”, dedi Narbayeva.
Senati raisining so‘zlariga ko‘ra, xalq diplomatiyasining rivojlanishi, O‘zbekiston xalqi boshqa xalqlar bilan tinch-totuv, do‘stona, xavfsiz sharoitda yashashi, xorijiy mamlakatlar, ayniqsa, qo‘shni davlatlarga emin-yerkin borib-kelishi, qon-qarindoshlik rishtalarini mustahkamlashi, mamlakat investitsiya muhiti yaxshilanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
“Eng muhimi, O‘zbekiston o‘z xalqi farovonligi yo‘lida bundan keyin ham faqat va faqat milliy manfaatlarga asoslangan pragmatik va ko‘p vektorli tashqi siyosatni olib boradi”, deya qo‘shimcha qildi u.
Eslatib o‘tamiz, bugun Oliy Majlis Senatining o‘ttiz to‘qqizinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Senatorlar tomonidan 10 ga yaqin qonun va masalalar kurib chiqilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0