https://oz.sputniknews.uz/20230406/ozbekiston-qozogiston-fuqarolar-jazo-33634191.html
O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolariga jazoni o‘z mamlakatida o‘tash imkoni berilmoqda
O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolariga jazoni o‘z mamlakatida o‘tash imkoni berilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Mahkumlar qonunda belgilangan tartib-taomillarga muvofiq kelishayotgan tomonlar murojaatlari asosida topshiriladi. 06.04.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-04-06T18:41+0500
2023-04-06T18:41+0500
2023-04-06T18:43+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qozog‘iston
jazoni ijro etish muassasi
o‘zbekiston oliy majlisi senati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1157/23/11572342_272:556:2821:1990_1920x0_80_0_0_43310eab340b1a10c5ad8fdeb0101dcc.jpg
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolarining sud tomonidan tayinlangan jazoni o‘z mamlakatida o‘tash imkoni berilmoqda. Bu haqda Senatning o‘ttiz to‘qqizinchi yalpi majlisida ma’lum qilindi.Senatorlar “O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun topshirish to‘g‘risidagi Shartnomani (Nur-Sulton, 2021-yil 6-dekabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunni ko‘rib chiqishdi.Mazkur shartnoma O‘zbekiston prezidentining 2021-yil Qozog‘istonga qilgan davlat tashrifi chog‘ida imzolangan.Qayd etilishicha, shartnomani ratifikatsiya qilish orqali uning kuchga kirishi mahkumlarni topshirish sohasidagi normativ-huquqiy bazani shakllantirib, ikki davlat vakolatli organlarining ushbu sohadagi o‘zaro hamkorligini yanada yaxshilashi mumkin.Hujjatga ko‘ra, mahkumlar qonunda belgilangan tartib-taomillarga muvofiq kelishayotgan tomonlar murojaatlari asosida topshiriladi.Muhokama davomida mahkumlar jazoni o‘z yurtida o‘tashi ularga yaqin qarindoshlari bilan muntazam ko‘rishish imkonini berishi oilaviy munosabatlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, mahkumlarning ijtimoiy hayotga moslashishiga yordam berishi qayd etildi.Senatorlarning ta’kidlashicha, qonunning qabul qilinishi fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirishga xizmat qiladi.Muhokama yakunida senatorlar mazkur ionunni ma’qulladi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston majilisi deputatlari bu bitimni ratifikatsiya qilishgan edi.
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1157/23/11572342_134:0:2865:2048_1920x0_80_0_0_38112a282f5873f783cfa94cc1c5cb4b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, qozog‘iston, jazoni ijro etish muassasi, o‘zbekiston oliy majlisi senati
jamiyat, o‘zbekiston, qozog‘iston, jazoni ijro etish muassasi, o‘zbekiston oliy majlisi senati
O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolariga jazoni o‘z mamlakatida o‘tash imkoni berilmoqda
18:41 06.04.2023 (yangilandi: 18:43 06.04.2023) Mahkumlar qonunda belgilangan tartib-taomillarga muvofiq kelishayotgan tomonlar murojaatlari asosida topshiriladi.
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolarining sud tomonidan tayinlangan jazoni o‘z mamlakatida o‘tash imkoni berilmoqda. Bu haqda Senatning o‘ttiz to‘qqizinchi yalpi majlisida
ma’lum qilindi. Senatorlar “O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun topshirish to‘g‘risidagi Shartnomani (Nur-Sulton, 2021-yil 6-dekabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunni ko‘rib chiqishdi.
Mazkur shartnoma O‘zbekiston prezidentining 2021-yil Qozog‘istonga qilgan davlat tashrifi chog‘ida imzolangan.
Qayd etilishicha, shartnomani ratifikatsiya qilish orqali uning kuchga kirishi mahkumlarni topshirish sohasidagi normativ-huquqiy bazani shakllantirib, ikki davlat vakolatli organlarining ushbu sohadagi o‘zaro hamkorligini yanada yaxshilashi mumkin.
Hujjatga ko‘ra, mahkumlar qonunda belgilangan tartib-taomillarga muvofiq kelishayotgan tomonlar murojaatlari asosida topshiriladi.
Muhokama davomida mahkumlar jazoni o‘z yurtida o‘tashi ularga yaqin qarindoshlari bilan muntazam ko‘rishish imkonini berishi oilaviy munosabatlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, mahkumlarning ijtimoiy hayotga moslashishiga yordam berishi qayd etildi.
Senatorlarning ta’kidlashicha, qonunning qabul qilinishi fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Muhokama yakunida senatorlar mazkur ionunni ma’qulladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston majilisi deputatlari bu bitimni ratifikatsiya
qilishgan edi.