O‘zbekiston FIFA reytingida yuqoriladi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaSbornaya Uzbekistana po futbolu
Sbornaya Uzbekistana po futbolu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston milliy terma FIFA reytingida 3 pog‘onaga yuqoriladi.
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi avvalgi o‘rnidan 3 pog‘onaga yuqorilab, 74-o‘rindan joy oldi. Bundan avval Srechko Katanes jamoasi 77-o‘rinda borayotgan edi.
Qo‘shnilardan Qirg‘iziston 96, Tojikiston 109, Qozog‘iston 112, Turkmaniston esa 137-o‘rinlarni band etgan.
Qatardagi jahon chempionatida chempion bo‘lgan Argentina reyting peshqadami. Chempionatning kumush medali sohibi Fransiya reytingda ikkinchi pog‘onani band etib turibdi. Braziliya kuchli uchlikka yakun yasagan.
Yangiliklar lentasi
0