Firibgar bilan gaplashayotganingizni qanday bilish mumkin?

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishVirus-vimogatel atakoval IT-sistemi kompaniy v raznix stranax
Virus-vimogatel atakoval IT-sistemi kompaniy v raznix stranax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2023
Obuna bo‘lish
Firibgarlar chuv tushirish uchun qanday usullardan foydalanadi, ularning tuzog‘iga tushmaslik uchun nima qilish kerak – batafsil Sputnik maqolasida.
Ko‘p hollarda fuqarolar onlayn to‘lovlardan foydalanish qoidalaridan bexabarligi, ijtimoiy tarmoqlarda botlar va kanallardan foydalanishda virtual bilim va onlayn ko‘nikmalarning yetarli emasligi sabab turli firibgarlarning tuzog‘iga tushib qolishadi.
Firibgarlar chuv tushirish uchun aynan qanday usullar va platformalardan foydalanadi? Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi boshlig‘i Behzod Mamadjanov Sputnik muxbiri bilan suhbatda shu savollarga javob berdi.
Mutaxassisning aytishicha, onlayn firibgarlik hamma ijtimoiy tarmoqlarda, barcha yoshdagi odamlar orasida keng tarqalmoqda. Odatda firibgarlar ishonchga kirish uchun o‘zlarini rasmiy idora, bank va kompaniya xodimi sifatida tanishtirishadi.
“Firibgar o‘zini bank xodimi, Click kompaniyasi xodimi sifatida tanishtirishi mumkin. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda turli bahonalar bilan, tanishishga harakat qilishadi. Qarindoshingiz sizga pul, sovg‘a yubordi kabi bahonalar keltirishlari mumkin”, - deydi Mamadjanov.
Mutaxassis o‘zini sotuvchi sifatida ko‘rsatib, chuv tushirishga urinayotganlar borligini ham aytdi

“Ayrim firibgarlar savdo platformalarida biror mahsulotni sotuvga qo‘yadi. Murojaat qilsangiz, sizdan karta raqamingizni so‘rashadi”, - deydi u.

Mamadjanovning so‘zlariga ko‘ra, firibgarlar turli ayyor usullardan ham foydalanishadi.

“Firibgarlar o‘zlarini xuddi sizning pulingiz uchun jon kuydirayotgandek, qayg‘urayotgandek tutishadi. Kartangizdagi pullarni o‘g‘irlashmoqchi, men esa sizga yordam beraman, deyishlari mumkin”, - deya ogohlantiradi mutaxassis.

Shu bilan birga, u onlayn firibgarlar tuzog‘iga tushmaslik bo‘yicha tavsiyalarini ham aytib o‘tdi.

“Aslida telefoningizga sms orqali kelgan kodni so‘ragan har qanday begona odam – firibgar. Shunchaki, e’tiborli va ehtiyotkor bo‘lish, telefonga kelgan kodni begona shaxslarga bermaslik kifoya”, - deydi IIV Kiberxavfsizlik markazi boshlig‘i

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda axborot tizimi, jumladan, axborot tenologiyalaridan foydalanib firibgarlikni sodir etganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravaridan 400 baravarigacha jarima yoki 2-yildan 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayan huquqdan mahrum etib, 5-yildan 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0