Moskva ko‘chalarida O‘zbekiston turizm salohiyati haqida qisqa videoroliklar namoyish etilmoqda

© FotoNa ulitsax Moskvi demonstriruyutsya korotkie videoroliki o turisticheskom potensiale Uzbekistana.
Na ulitsax Moskvi demonstriruyutsya korotkie videoroliki o turisticheskom potensiale Uzbekistana. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2023
Obuna bo‘lish
Videoroliklar aprel va may oylarida har kuni namoyish etiladi.
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Rossiya poytaxtining asosiy ko‘chalaridagi sitibordlarda O‘zbekistonning qadimiy shaharlarining tarixiy-madaniy merosiga bag‘ishlangan, jumladan, ziyorat turizmini targ‘ib qilish maqsadida qisqa videoroliklar namoyish etilmoqda. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi ma’ulm qildi.
Qayd etilishicha, bunday namoyishlar O‘zbekiston elchixonasi tomonidan PR- markazi bilan hamkorlikda, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi va Moskva hukumati ko‘magida tashkil etildi.
Videoroliklar aprel va may oylarida shahar sitibordlarda kun bo‘yi har 6 yoki 12 daqiqada namoyish etiladi.
Yangiliklar lentasi
0