Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 6-aprelning asosiy voqealari

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishRabota armeyskoy aviatsii v zone provedeniya SVO
Rabota armeyskoy aviatsii v zone provedeniya SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya maqsadlariga muvofiq Ukraina armiyasi, millatchi batalonlari, xorijiy yollanma askarlar guruhlari hamda harbiy texnikasini yo‘q qilishda davom etmoqda.
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligining to‘ldirilgan hisoboti :

Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyatining Dvurechnaya, Peschanie, Masutovka, LXRning Novoselovskoe, Artemovka aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining 50 nafar harbiylari, ikkita zirhli jangovar mashinasi va ikkita pikapi yo‘q qildi.
Bundan tashqari, Xarkov viloyatining Novoselovskoe, Rozovka, LXRning Artemovka, Masutovka va Pershotravneve aholi punktlari hududlarida UQKning beshta diversion razvedka guruhlari harakatlarini to‘xtatdi.
Shuningdek, AQShda ishlab chiqilgan AN/TPQ-36 batareyaga qarshi radari yo‘q qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlar guruhi DXRning Seversk, Nevskoe va Lugansk Xalq Respublikasining Chervonaya Dibrova aholi punktlari hududlarida UQKning 80 dan ortiq harbiylari, ikkita zirhli jangovar mashinasi, uchta yengil mashinasi va D-20 va D-30 gaubitsasi va "Nona" o‘ziyurar minomotini yo‘q qildi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" kuchlar guruhi bo‘linmalari faol harakatlari natijasida UQKning 140 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar va yollanma askarlari, uchta zirhli jangovar mashinasi, 8 ta avtomobili, Polshada ishlab chiqilgan "Krab" o‘ziyurar mashinasi, "Gvozdika", "Akatsiya" va D-20 gaubitsalari va AQShda ishlab chiqilgan AN/TPQ-50 batareyaga qarshi radari yo‘q qilindi.
Undan tashqari DXRning Sergeyevka aholi punkti yaqinida UQKning 107 brigadasi raketa-artilleriya qurol-aslaha ombori yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk va Zaporojye yo‘nalishlarida "Sharq" qo‘shinlar guruhi havo DXRning Ugledar, Zaporojye viloyatining Marfopol va Zagornoe aholi punktlari hududlarida UQK bo‘linmalariga zarba berildi.
DXRning Vodanoe va Nikolskoe aholi punktlari hududlarida qarshi hujumga urinish vaqtida UQKning 35 nafar askari, ikkita zirhli mashinasi va D-30, D-20 gaubitsalari yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida o‘tgan kun davomida 20 tagacha ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita avtomashina va "Akatsiya" o‘ziyurar gaubitsasi yo‘q qilindi.
Aviatsiya, raketa kuchlari va artilleriya o‘tgan kun davomida Ukraina Qurolli Kuchlarining 128ta pozitsiyalarda joylashgan 92 ta artilleriya bo‘linmalariga zarba berdi.
Shuningdek, Donesk Xalq Respublikasining Avdeyevo aholi punkti hududida Ukraina Qurolli kuchlarining 110-mexanizatsiyalashgan brigadaci batalonlarining qo‘mondonlik boshqaruv punktiga zarba berildi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari kun davomida 11 ta HIMARS (AQSh) raketalari raketasini tutib oldi.
Shuningdek, Xarkov viloyatining Tavoljanka, LXRning Kremennaya va Kovalevka, DXRnng Nikolskoe, Novoselovka va Peski aholi punktlari hududlarida kun davomida Ukrainaning 11 ta uchuvchisiz apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 406 ta samolyot, 228 ta vertolot, 3673 ta uchuvchisiz uchish apparati, 415 ta zenit-raketa majmuasi, 8 545 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 1 078 ta raketa tizimlarining jangovar texnikasi, 4504 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 9302 dona maxsus harbiy mashinalaridan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0