https://oz.sputniknews.uz/20230406/har-bir-tumanda-havo-tozaligini-kuzatuvchi-stantsiya-ornatiladi--shavkat-mirziyoev--33639510.html
Har bir tumanda havo tozaligini kuzatuvchi stansiya o‘rnatiladi — Shavkat Mirziyoyev
Har bir tumanda havo tozaligini kuzatuvchi stansiya o‘rnatiladi — Shavkat Mirziyoyev
Sputnik O‘zbekiston
Prezident havo va suv resurslari ifloslanishini jiddiy nazorat ostiga olishni topshirdi. Buning uchun hududlarda avtomatik ishlaydigan kuzatuv stansiyalari... 06.04.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-04-06T21:20+0500
2023-04-06T21:20+0500
2023-04-07T11:28+0500
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
prezident
davlat ekologiya qo‘mitasi
o‘zbekiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
jamiyat
o‘rmon
o‘rmon xo‘jaligi agentligi
o‘rmon xo‘jaligi
o‘rmon fondi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/06/33639177_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_09919167293bfd03c76a1f0e24fae57d.jpg
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Har bir shahar va tumanda havo tozaligini kuzatib boruvchi avtomatik stansiyalar o‘rnatiladi. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev huzurida 6-aprel kuni bo‘lib o‘tgan tabiatni muhofaza qilishga bag‘ishlangan majlisda ma’lum bo‘ldi.Shuningdek, tuman rahbarlari faoliyatining ekologiya sohasidagi samaradorligi ushbu kuzatishlar natijasiga qarab belgilanadi. Ob-havoni kuzatish sohasida avtomatlashgan meteorologik stansiyalarni ko‘paytirish, gidrologik o‘lchov uskunalarini avtomatlashtirish, agrometeorologik xizmat bo‘yicha mobil ilovani ishga tushirish choralari belgilandi.Majlisda qayd etilishiga ko‘ra, kelgusi yillarda O‘zbekistonda zamonaviy texnologiyalar yordamida chiqindilarni qayta ishlash yo‘lga qo‘yiladi. Xususan, Ohangarondagi poligonda chiqindidan 15 Megavatt elektr energiyasi olish loyihasi boshlangan. Prezident ushbu loyihani boshqa poligonlarda ham yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, O‘zbekiston hududidagi o‘rmon xo‘jaligida daraxt bilan qoplangan hududlar atigi 8 foiz ekanini hisobga olgan holda, cho‘llarda 221 ming gektar, tog‘ hududida 15 ming gektar o‘rmonlar barpo qilishga imkoniyat borligi qayd etildi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida o‘rmonchilik sohasini rivojlantirishga ko‘rsatma berildi. Undan tashqari, tabiat maskanlariga sayyohlarni jalb qilish, yovvoyi hayvonlarni ko‘paytirish uchun pitomniklar tashkil etish vazifasi qo‘yildi. Buning evaziga ekoturizmni, ov xo‘jaliklarida ovchilik turizmini rivojlantirish mumkinligi aytib o‘tildi. Majlisda Shavkat Mirziyoyev suv, havo, yer va yerosti boyliklarini muhofaza qilish masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Xususan, suv tozalash inshooti standartga javob bermaydigan korxonalarda oqova uchun kompensatsiya to‘lovini oshirish taklifi bildirildi. O‘zbekistonda bunday korxonalar soni 500 ziyod ekani aytib o‘tildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/06/33639177_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_564921173bd7730d9cdf9082a6bd1728.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, prezident, davlat ekologiya qo‘mitasi , o‘zbekiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, jamiyat, o‘rmon, o‘rmon xo‘jaligi agentligi, o‘rmon xo‘jaligi, o‘rmon fondi
o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, prezident, davlat ekologiya qo‘mitasi , o‘zbekiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, jamiyat, o‘rmon, o‘rmon xo‘jaligi agentligi, o‘rmon xo‘jaligi, o‘rmon fondi
Har bir tumanda havo tozaligini kuzatuvchi stansiya o‘rnatiladi — Shavkat Mirziyoyev
21:20 06.04.2023 (yangilandi: 11:28 07.04.2023) Prezident havo va suv resurslari ifloslanishini jiddiy nazorat ostiga olishni topshirdi. Buning uchun hududlarda avtomatik ishlaydigan kuzatuv stansiyalari o‘rnatiladi.
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Har bir shahar va tumanda havo tozaligini kuzatib boruvchi avtomatik stansiyalar o‘rnatiladi. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev huzurida 6-aprel kuni bo‘lib o‘tgan tabiatni muhofaza qilishga bag‘ishlangan majlisda ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, tuman rahbarlari faoliyatining ekologiya sohasidagi samaradorligi ushbu kuzatishlar natijasiga qarab belgilanadi.
"Har bir tuman va shaharlarda atmosfera havosi ifloslanishini monitoring qilish uchun avtomatlashgan kichik stansiyalar o‘rnatiladi. Shunga asosan, hududlarning havo tozaligi reytingi shakllantirilib, mansabdor shaxslar ishiga baho berib boriladi", - deyiladi xabarda.
Ob-havoni kuzatish sohasida avtomatlashgan meteorologik stansiyalarni ko‘paytirish, gidrologik o‘lchov uskunalarini avtomatlashtirish, agrometeorologik xizmat bo‘yicha mobil ilovani ishga tushirish choralari belgilandi.
Majlisda qayd etilishiga ko‘ra, kelgusi yillarda O‘zbekistonda zamonaviy texnologiyalar yordamida chiqindilarni qayta ishlash yo‘lga qo‘yiladi. Xususan, Ohangarondagi poligonda chiqindidan 15 Megavatt elektr energiyasi olish loyihasi boshlangan. Prezident ushbu loyihani boshqa poligonlarda ham yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, O‘zbekiston hududidagi o‘rmon xo‘jaligida daraxt bilan qoplangan hududlar atigi 8 foiz ekanini hisobga olgan holda, cho‘llarda 221 ming gektar, tog‘ hududida 15 ming gektar o‘rmonlar barpo qilishga imkoniyat borligi qayd etildi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida o‘rmonchilik sohasini rivojlantirishga ko‘rsatma berildi.
Undan tashqari, tabiat maskanlariga sayyohlarni jalb qilish, yovvoyi hayvonlarni ko‘paytirish uchun pitomniklar tashkil etish vazifasi qo‘yildi. Buning evaziga ekoturizmni, ov xo‘jaliklarida ovchilik turizmini rivojlantirish mumkinligi aytib o‘tildi.
Majlisda Shavkat Mirziyoyev suv, havo, yer va yerosti boyliklarini muhofaza qilish masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Xususan, suv tozalash inshooti standartga javob bermaydigan korxonalarda oqova uchun kompensatsiya to‘lovini oshirish taklifi bildirildi. O‘zbekistonda bunday korxonalar soni 500 ziyod ekani aytib o‘tildi.