Finlyandiyaning NATOga qo‘shilishi alyansga yangi muammolar va’da beradi

© AP Photo / Sergei GritsFlagi NATO i Finlyandii u zdaniya Ministerstva vnutrennix del v Xelsinki. Arxivnoe foto
Flagi NATO i Finlyandii u zdaniya Ministerstva vnutrennix del v Xelsinki. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2023
Obuna bo‘lish
Finlyandiya, NATO tarkibida Boltiqbo‘yi va Polshaning halokatli tajribasini takrorlashga mahkum. Endi uning Rossiyaga qarshi harbiy plasdarmga aylanishi muqarrar. Bu esa 78-yil davomida milliy xavfsizlikning asosi bo‘lgan Rossiya bilan tinch qo‘shnichilikning tugashini anglatadi.
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Finlyandiya 4-aprel kuni Shimoliy Atlantika ittifoqining 31-a’zosiga aylandi. NATO kam aholidan iborat hududga (338 400 km² va 5,6 million kishi), kichik Finlyandiya armiyasiga (24 ming faoliyatdagi harbiy xizmatchilar) va Rossiya bilan umumiy chegaralar uzunligini 1271 km ga (ikki barobarga) ko‘paytirishga erishdi.
Finlyandiya sharqida chegara infratuzilmasi rivojlanmagan. Yangi “temir parda” kelgusi o‘n yillarda ittifoqning barcha mamlakatlari uchun ko‘p milliard dollarlik xarajatlarni talab qiladi. Jumladan, bularga Finlyandiya armiyasini NATOning umumiy tuzilmasiga biriktirish va F-35 ko‘rinmas-qiruvchi samolyotlar dasturini kengaytirish ham kiradi.

Ittifoqning Brusseldagi shtab-kvartirasida o‘tkazilgan marosimda Finlyandiya prezidenti Sauli Niinistyo yangi da’vatlar, yangi davr boshlanishi haqida safsatabozlikdan iborat gapirlarni ta’kidladi: “NATOga a’zolik xalqaro pozitsiyalarimizni mustahkamlaydi va bizga manyovr qilish imkoniyatini beradi”.

Finlyandiya prezidenti qanday manevrlar haqida gapirayotganini tasavvur qilish qiyin emas – deyarli barcha Yevropa davlatlari bugungi kunda Vashington manfaatlariga bo‘ysunib, Rossiyaga qarshi vositachilik urushiga sherik bo‘lishga va iqtisodiy tanazzulga mahkum.
Milliy armiyalarga Pentagonning huquqlardan mahrum qilingan qo‘g‘irchoqlari roli yuklangan. Agressiv harbiy blokning sharqqa o‘ylamasdan kengaytirilishi G‘arbning strategik va fojiali xatosi bo‘lib, uni to‘g‘irlash uchun uzoq vaqt “manyovr qilish” kerak bo‘ladi va bu ularga juda qimmatga tushadi.

Kreml Finlyandiyaning NATOga qo‘shilishini – Rossiya xavfsizligi va milliy manfaatlariga tajovuzkorlik, bunga qarshi taktik va strategik qarshi choralar ko‘rishiga Rossiyani majburlash sifatida baholadi.

Moskvaning pozitsiyasi mustahkam - bu ko‘p qutbli dunyo, barcha uchun teng va bo‘linmas xavfsizlik tizimi. Bu ittifoqning yangi va eski a’zolari uchun hech qanday yaxshilik va’da qilmaydi.

Provokatsion qadam

Huquqiy neytral Finlyandiya o‘ttiz yil davomida NATOga yaqinlashib, asta-sekin o‘z armiyasini ittifoqqa "biriktirdi". Prezident Niinistyo kecha ta’kidlab o‘tdi: “Biz hamkor sifatida uzoq vaqt davomida NATO faoliyatida ishtirok etib kelmoqdamiz. Kelajakda Finlyandiya NATOni jamoaviy ushlab turish va himoya qilishga hissa qo‘shadi”.
Darhaqiqat, hali 2020-yilda Finlyandiya va Shvetsiya Shimoliy Atlantika ittifoqi a’zosi Norvegiya bilan harbiy ittifoq tuzgandilar. Avvalroq NATO kuchlari tarkibida Finlyandiya harbiy bo‘linmalari Afg‘oniston, Bosniya va Kosovodagi operatsiyalarda (1995 va 1999-yillarda) ishtirok etgan, Finlyandiyaning sobiq prezidenti Martti Axtisaari esa Kosovoni Serbiyadan ajratish rejasini taklif qilgan edi.
Pentagon rahbari Lloyd Ostin “Ittifoq nafaqat hududga ega bo‘ladi, balki Finlyandiya armiyasi NATOni sezilarli darajada mustahkamlaydi”, deb yolg‘on gapirmoqda.

SSSR parchalanganidan keyin finlar tezda MiG-21 qiruvchilarini Amerika F-18 samolyotlariga, T-55M tanklarini esa nemislarning "Leopard 2A4" va "Leopard 2A6"lariga almashtirdilar. Britaniyaning "Challenger-2" tanklari 2022-yil may oyida Finlyandiyada NATO bilan qo‘shma mashg‘ulotlarda foydalanilgan.

2021 yilda oqimning tezlashish nuqtasi yadroviy qurolni yetkazib berishning maqbul vositasi hisoblangan 64 ta F-35A samolyotlarining katta miqdordagi buyurtmasi va Pentagon nazorati ostidagi butun dunyo bo‘ylab yagona ma’lumot almashish tarmog‘iga birlashtirilishi bo‘ldi. Amerikaning “ko‘rinmas” F-35 samolyotlari to‘liq jangovar tayyorlikdan yiroq bo‘lib, yuzlab tuzilmaviy muammolarga ega va shu kungacha Pentagon tomonidan ommaviy ishlab chiqarish uchun ruxsat berilmagan, ammo bu Finlyandiyaning Rossiyaga qarshi pozitsiyasini oqlamaydi.
Amerikaliklar 2030-yilga borib F-35 ni ko‘plab texnik muammolarini to‘g‘irlab, taktik termoyadroviy qurollarining asosiy tashuvchisiga aylantirmoqchi. Bunga yonma-yon ravishda AQSh NATO a’zolari bilan yadroviy qurollarni hamkorlikda ishlatish bo‘yicha kelishuvlarini kengaytirishga intilmoqda. "The Diplomat" nashrining qayd etishicha, bu Sharqiy Yevropa mamlakatlarida yadroviy qurollarni joylashtirilishiga olib keladi va Finlyandiyada joylashtirilgan F-35 Rossiya chuqur ichki hududiga zarba berishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Sankt-Peterburgdan Finlyandiya chegarasigacha masofa to‘g‘ri yo‘nalishda – 151 km yoki “ko‘rinmas” F-35 da10 daqiqali parvozni tashkil qiladi.

Daniya mudofaa vaziri Morten Bodskov Finlyandiyaning a’zoligini Boltiqbo‘yi mintaqasiga e’tibor qaratgan holda, “NATOni shimolga siljitadi” deb hisoblaydi va “sharqqa bo‘lgan faollikning ko‘payishini” kutadi.
Norvegiya mudofaa vaziri Eyrik Kristoffersen avvalroq Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishi “ko‘p imkoniyatlarni, jumladan, Antarktida yoki Boltiqbo‘yida urush bo‘lgan taqdirda bazalashtiruvning yangi usullarini ochib berishini aytgan edi.
Norvegiya harbiy havo kuchlari qo‘mondoni Rolf Volland allaqachon mintaqaviy missiyalarni boshqarish uchun yangi “Shimoliy havo operatsiyalari markazi”ni tashkil etishni ko‘rib chiqmoqda. Norvegiya 2025-yilgacha 52 ta F-35 qiruvchi samolyotini joylashtirishni rejalashtirmoqda, bu esa “Rossiya havo mudofaa tizimlariga sezilarli qo‘shimcha bosim o‘tkazadi”.

"Breaking Defense" nashri xulosa qiladi: “Xelsinki ittifoq siyosati haqida ko‘p narsalardan xabardor bo‘lishi kerak. Alohida e’tibor talab qiladigan mavzulardan biri bu yadroviy siyosatdir”. Finlyandiya ham “NATOning strategik pozitsiyasini modernizatsiya qilishda” ishtirok etishi mumkin.

Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev avvalroq Rossiya dushman qo‘shnilarining yadroviy qurolga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligini aytib o‘tgan edi. Bu Moskvaning mustahakam pozitsiyasidir.
Finlyandiya hukumati ongli ravishda harbiy harajatlar o‘sishi yo‘lida. Finlyandiyani Viborgga va Kareliya hududining bir qismiga qaytarishni talab qilayotgan "ProKarelia" jamiyatining fikrlariga Finlyandiyaning ko‘plab siyosatchilari ham qo‘shiladi.
Kollektiv G‘arb o‘z oldiga Rossiyani “strategik mag‘lubiyatga” uchratish vazifasini qo‘yganini ochiq e’lon qilmoqda va yadroviy yakun ehtimoli yuqori bo‘lgan harbiy mojaroda NATOning barcha a’zolari ham ishtirok etish uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga olmoqda.
Shubhasiz, Rossiyaning qo‘shnilari orasida Polshaning do‘stona munosabatlarda keskin qarama-qarshilikka o‘tish tajribasi ham, Ukraina tajribasi oqibatlari ham qo‘shnilarga saboq bo‘lmayapti. Bu Shimoliy alyansning Sharqiy Yevropadagi muammolari endi boshlanayotganini anglatadi.
Yangiliklar lentasi
0