Farg‘ona va Sverdlovsk viloyatlari tadbirkorlari hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishFlag Rossii i Uzbekistana, arxivnoe foto
Flag Rossii i Uzbekistana, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2023
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Sverdlovsk viloyati gubernatori Yevgeniy Kuyvashev boshchiligidagi rasmiylar va tadbirkorlardan iborat delegatsiya 23-24 aprel kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrif buyuradi.
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Farg‘ona viloyati hamda Sverdlovsk viloyati o‘rtasida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlik bo‘yicha bitim imzolanadi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimlgi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Rossiya Federatsiyasi Sverdlovsk viloyati gubernatori Yevgeniy Kuyvashev boshchiligidagi rasmiylar va tadbirkorlardan iborat delegatsiya joriy yilning 23-24 aprel kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrif buyuradi.
Rasmiy uchrashuvlar doirasida Farg‘ona va Sverdlovsk viloyatlari rahbarlarining tor va kengaytirilgan doiradagi uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Tashrif kunlari Farg‘ona shahrida viloyatda ishlab chiqarilgan sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Farg‘ona va Sverdlovsk viloyatlari ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida B2B uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

"Muzokaralar yakuni bo‘yicha kelishuv va shartnomalar imzolanishi ko‘zda tutilgan", - deyiladi xabarda.

Delegatsiya a’zolari viloyatning turli hududlaridagi yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan ham tanishishadi.
Yangiliklar lentasi
0