Toshkent aeroportidagi mehmonxona qanday bo‘ladi — foto

© Uzbekistan airportsKapsulniy otel v aeroportu Tashkenta.
Kapsulniy otel v aeroportu Tashkenta. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Obuna bo‘lish
Mehmonxona xizmatidan yo‘lovchi kutish vaqtida aeroportdan va tranzit zonadan chiqmasdan bir necha soat davomida foydalanish mumkin bo‘ladi.
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Tez orada Toshkent aeroportida kichik mehmonxona ochiladi. Hozirda hudud boshlang‘ich yillik qiymati 325 440 000 so‘m bilan auksionga qo‘yilgan, deya xabar berdi "Uzbekistan airports".
Tez orada Toshkent aeroportida steril zonadagi yana bir blok foydalanishga topshiriladi. U yerda hammom, tahorat olish va namoz o‘qish xonalari, “Anjir” biznes-zali va O‘zbekiston aeroportlarida birinchi bor kichik mehmonxona ochiladi.
© Uzbekistan airportsKapsulniy otel v aeroportu Tashkenta
Kapsulniy otel v aeroportu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
"Bu shunchaki “kapsulalar” emas, balki to‘liq bir kishilik to‘shak va minimal aksessuarlar to‘plami — chiroq, kiyim ilgichi, qo‘l yuki uchun javon, stol bo‘lgan kichik qulay kabinalar bo‘ladi. Bunday kabinalarda yo‘lovchi kutish vaqtida aeroportdan va tranzit zonadan chiqmasdan bir necha soat davomida unda qolib dam olishi mumkin”, — deyiladi xabarda.
© Uzbekistan airportsKapsulniy otel v aeroportu Tashkenta
Kapsulniy otel v aeroportu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Mehmonxonaga tashrif buyuruvchilar uchun ma’lumot tablosi, hammom va dush xonasi taqdim etiladi, qabulxona kechayu kunduz ishlaydi va har bir yo‘lovchiga samolyotga chiqish uchun individual taklifnoma taqdim etiladi.
© Uzbekistan airportsKapsulniy otel v aeroportu Tashkenta
Kapsulniy otel v aeroportu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Mehmonxona ikki qavatda 27 ta turar joy bilan taklif etadi. Mehmonxona yaqinda ochilgan Art Bazaar savdo paviloni kabi sharqona uslubda quriladi. Loyiha ustida ishlash uchun taniqli dizayner Bobur Ismoilov taklif etilgan.
© Uzbekistan airportsKapsulniy otel v aeroportu Tashkenta
Kapsulniy otel v aeroportu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023

“Biz xonalarda sharqona ko‘rinish va hashamatni, shuningdek, Yevropa minimalizmi va ixchamligini saqlashga harakat qildik. Afsuski, har bir tranzit yo‘lovchi O‘zbekistonda qolib, qadimiy shaharlar va madaniyatni ko‘ra olmaydi. Shunday ekan, maqsadimiz aynan aeroportda haqiqiy sharqona muhit yaratish edi”, — deydi Bobur Ismoilov.

© Uzbekistan airportsKapsulniy otel v aeroportu Tashkenta
Kapsulniy otel v aeroportu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Mehmonxona soha professionallari boshqaruviga o‘tkazish rejalashtirilgan. Hududni ijaraga olish uchun tegishli lot E-auksion.uz elektron platformasida joylashtirilgan. Mehmonxonaning umumiy maydoni 240 kv.m.
Auksionda belgilangan texnik topshiriqlarga javob beradigan barcha kompaniyalar ishtirok etishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0