Rossiya barcha mamlakatlar bilan muloqot uchun ochiq – Putin

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin
Prezident RF V. Putin  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti mamlakatning birortaga nisbatan bir tomonlama va boz ustida adovatli niyati yo‘qligini ta’kidladi.
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Rossiya barcha mamlakatlar bilan konstruktiv hamkorlik uchun ochiq. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin chet el mamlakatlari elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilish chog‘ida ma’lum qildi.
“Ta’kidlaymanki, Rossiya istisnosiz barcha mamlakatlar bilan konstruktiv hamkorlik uchun ochiq, birortadan yakkalanmoqchi emasmiz, birortaga nisbatan bir tomonlama va boz ustida adovatli niyatimiz yo‘q”, - dedi Putin marosimda. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Rossiya rahbari chorshanba kuni AQSh, YeI, Suriya, Daniya, Norvegiya, Iroq va Abxaziya kabi xorijiy davlatlarning yangi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Yangiliklar lentasi
0