“Renovatsiya to‘g‘risida”gi yangi qonun loyihasi ishlab chiqiladi

© Press-slujba MChS UzbekistanaPostradavshiy ot silnogo vetra jiloy dom
Postradavshiy ot silnogo vetra jiloy dom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Obuna bo‘lish
Aholi zichligi past, eski uylari ko‘p va uy-joyga talab yuqori bo‘lgan shaharlarda renovatsiya dasturiga talab ortayotgani qayd etildi.
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Viloyat hokimlari hozirda qurilayotgan massivlarda ichki yo‘llar bilan shaxsan shug‘ullanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2023-yilgi ipoteka dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda shunday topshiriq berdi.
Yig‘ilishda qurilayotgan uy-joylarni kommunikatsiya bilan ta’minlash masalasiga to‘xtalib o‘tildi.
Yo‘li, transport qatnovi oxirigacha hal qilinmagani uchun ko‘plab xonadon sotilmasdan turgani ta’kidlandi. Infratuzilma obyektlari joylashadigan yerlarni aniqlash kechikkani, loyihalar bir necha bor o‘zgargani sababli ayrim yangi massivlarda suv va oqova tarmog‘ini qurish ishlari orqada qolmoqda. Shu munosabat bilan:
viloyat hokimlariga hozirda qurilayotgan massivlarda ichki yo‘llar bilan shaxsan shug‘ullanish;
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga o‘tgan yil qurilgan uy-joylar infratuzilmasi bilan bog‘liq barcha moliyaviy masalalarni to‘liq hal qilish;
bu yilning o‘zida ipoteka dasturlari doirasida quriladigan uylar infratuzilmasiga zarur bo‘lgan yana 800 milliard so‘m bo‘yicha moliyaviy manbalarni aniqlash topshirildi.
Aholi zichligi past, eski uylari ko‘p va uy-joyga talab yuqori bo‘lgan shaharlarda renovatsiya dasturiga talab ortayotgani qayd etildi.
Renovatsiyaning mustahkam huquqiy poydevorini yaratish zarurligi ta’kidlanib, “Renovatsiya to‘g‘risida”gi yangi qonun loyihasini ishlab chiqish uchun alohida ishchi guruhi tuzilishi xabar qilindi. Ishchi guruhi ilg‘or xorijiy tajriba asosida “Renovatsiya to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqadi.
Yangiliklar lentasi
0