https://oz.sputniknews.uz/20230405/referendum-ovoz-berish-byulleten-33543300.html
Referendumda ovoz berish bulletenining shakli tasdiqlandi
Referendumda ovoz berish bulletenining shakli tasdiqlandi
Sputnik O‘zbekiston
Bulletenda ovoz beruvchi xohish-irodasining variantlari "ha" yoki "yo‘q" deb ko‘rsatildi. 05.04.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-04-05T15:19+0500
2023-04-05T15:19+0500
2023-04-05T16:29+0500
o‘zbekiston
referendum
referendum — 2023
konstitutsiya islohoti
ovoz berish
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/05/33546591_93:0:1240:645_1920x0_80_0_0_47a4356685711ae0c9f1fa025d150062.png
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. O‘zbekiston referendumida ovoz berish bulletenining shakli tasdiqlandi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi (MSK) matbuot xizmati Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.Shuningdek, ovoz berish bulletenida uni to‘ldirish tartibi to‘g‘risida ham tushuntirish beriladi.Uning qo‘shimcha qilishicha, ovoz berish bulletlarini referendum o‘tkazuvchi uchastkalarga 17-aprelgacha ovoz beruvchilar umumiy sonining 5 foiz miqdorida, 27-aprelgacha esa 95,5 foiz miqdorida yekazib beriladi.Ovoz berish bulletenlarini ko‘zi ojiz ovoz beruvchilar tomonidan to‘ldirish uchun Brayl alifbosi asosida trafaretlar ham tayyorlanadi.Ovoz berish bulletenlari referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga muvofiq referendum okrugi bo‘yicha ovoz beruvchilar sonini, shu jumladan, referendum okrugi hududida istiqomat qilayotgan ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tillarda ovoz berish bulletenlarini tayyorlash bo‘yicha ehtiyojni inobatga olgan holda chop etiladi.Komissiya tomonidan ovoz berish bulletenlarini referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalariga belgilangan muddatlarda yetkazib berish choralari belgilandi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/05/33546591_237:0:1097:645_1920x0_80_0_0_73ffdf7038bf6b1adf0d10434381df86.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, referendum, konstitutsiya islohoti, ovoz berish
o‘zbekiston, referendum, konstitutsiya islohoti, ovoz berish
Referendumda ovoz berish bulletenining shakli tasdiqlandi
15:19 05.04.2023 (yangilandi: 16:29 05.04.2023) Bulletenda ovoz beruvchi xohish-irodasining variantlari "ha" yoki "yo‘q" deb ko‘rsatildi.
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. O‘zbekiston referendumida ovoz berish bulletenining shakli tasdiqlandi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi (MSK) matbuot xizmati Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bulletenga “Siz “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunini qabul qilasizmi?” degan matn kiritildi va ovoz beruvchi xohish-irodasining variantlari "ha" yoki "yo‘q" deb ko‘rsatildi.
Shuningdek, ovoz berish bulletenida uni to‘ldirish tartibi to‘g‘risida ham tushuntirish beriladi.
“Ovoz berish bulleteni A4 297/210ga mm o‘lchamda bir tomonlama vertikal ko‘rinishda bosiladi. Bulletenning o‘rtasida och ko‘k fonda davlat gerbining tasviri va uning atrofida och ko‘k rangli chiziqli naqsh tushirilgan”, - deydi MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ovoz berish bulletlarini referendum o‘tkazuvchi uchastkalarga 17-aprelgacha ovoz beruvchilar umumiy sonining 5 foiz miqdorida, 27-aprelgacha esa 95,5 foiz miqdorida yekazib beriladi.
Ovoz berish bulletenlarini ko‘zi ojiz ovoz beruvchilar tomonidan to‘ldirish uchun Brayl alifbosi asosida trafaretlar ham tayyorlanadi.
Ovoz berish bulletenlari referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga muvofiq referendum okrugi bo‘yicha ovoz beruvchilar sonini, shu jumladan, referendum okrugi hududida istiqomat qilayotgan ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tillarda ovoz berish bulletenlarini tayyorlash bo‘yicha ehtiyojni inobatga olgan holda chop etiladi.
Komissiya tomonidan ovoz berish bulletenlarini referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalariga belgilangan muddatlarda yetkazib berish choralari belgilandi.