https://oz.sputniknews.uz/20230405/referendum-byulleteni-tasdiqlandi---foto--33604997.html
Referendumning ovoz berish bulleteni tasdiqlandi - foto
Referendumning ovoz berish bulleteni tasdiqlandi - foto
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Konstitutsiya islohoti bo‘yicha 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendum bulleteni tasdiqlandi.
2023-04-05T21:27+0500
2023-04-05T21:27+0500
2023-04-12T21:21+0500
referendum — 2023
o‘zbekiston
konstitutsiya islohoti
konstitutsiya
referendum
jamiyat
ovoz berish
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/1e/20297271_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_2241646f8da861fad082200c53ffd248.jpg
TOShKENT, 5 apr - Sputnik. Yangilangan O‘zbekiston Konstitutsiyasini qabul qilish bo‘yicha 2023-yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan umumxalq referendumi bulleteni ko‘rinishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqida MSK matbuot xizmati Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.Referendum bulleteni ko‘rinishi Markaziy saylov komissiyasining 5-apreldagi 1223-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Qarorda aytilishiga ko‘ra, bulleten och ko‘k rangda bo‘lib, unda “Siz “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunini qabul qilasizmi?” degan matn kiritildi va ovoz beruvchi xohish-irodasining variantlari "ha" yoki "yo‘q" deb ko‘rsatiladi.Referendum bulleteni referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga muvofiq referendum okrugi bo‘yicha ovoz beruvchilar sonini, shu jumladan, referendum okrugi hududida istiqomat qilayotgan ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tillarda ovoz berish bulletenlarini tayyorlash bo‘yicha ehtiyojni inobatga olgan holda chop etiladi.Referendum bulletlarini referendum o‘tkazuvchi uchastkalarga 17-aprelgacha ovoz beruvchilar umumiy sonining 5 foiz miqdorida, 27-aprelgacha esa 95,5 foiz miqdorida yekazib beriladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/1e/20297271_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_6327c20464332e6d495881797af09e4e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston konstitutsiya referendum bulleten tasdiqlandi msk saylov komissiyasi
o‘zbekiston konstitutsiya referendum bulleten tasdiqlandi msk saylov komissiyasi
Referendumning ovoz berish bulleteni tasdiqlandi - foto
21:27 05.04.2023 (yangilandi: 21:21 12.04.2023) Tegishli tillardan chop etilgan referendum bulletlarini 27-aprelgacha uchastkalarga 95,5 foiz miqdorida yekazib beriladi.
TOShKENT, 5 apr - Sputnik. Yangilangan O‘zbekiston Konstitutsiyasini qabul qilish bo‘yicha 2023-yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan umumxalq referendumi bulleteni ko‘rinishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqida MSK matbuot xizmati Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Referendum bulleteni ko‘rinishi Markaziy saylov komissiyasining 5-apreldagi 1223-sonli qarori bilan tasdiqlangan.
Qarorda aytilishiga ko‘ra, bulleten och ko‘k rangda bo‘lib, unda “Siz “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunini qabul qilasizmi?” degan matn kiritildi va ovoz beruvchi xohish-irodasining variantlari "ha" yoki "yo‘q" deb ko‘rsatiladi.
Referendum bulleteni referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga muvofiq referendum okrugi bo‘yicha ovoz beruvchilar sonini, shu jumladan, referendum okrugi hududida istiqomat qilayotgan ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tillarda ovoz berish bulletenlarini tayyorlash bo‘yicha ehtiyojni inobatga olgan holda chop etiladi.
Referendum bulletlarini referendum o‘tkazuvchi uchastkalarga 17-aprelgacha ovoz beruvchilar umumiy sonining 5 foiz miqdorida, 27-aprelgacha esa 95,5 foiz miqdorida yekazib beriladi.