https://oz.sputniknews.uz/20230405/ozbekiston-gaz-qayta-ishlash-rossiya-33523221.html
O‘zbekiston gazni qayta ishlash jarayonlariga Rossiya xoldingini jalb qildi
O‘zbekiston gazni qayta ishlash jarayonlariga Rossiya xoldingini jalb qildi
Sputnik O‘zbekiston
“O‘zbekneftgaz” va “PETON” xoldingi tabiiy gazni qayta ishlash jarayonlarini takomillashtirish imkoniyatlarini o‘rgandi.
2023-04-05T09:23+0500
2023-04-05T09:23+0500
2023-04-05T18:44+0500
iqtisod
o‘zbekiston
gaz
o‘zbekneftgaz
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/05/33523460_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_a59d5f92de9d5a0226b9e7709643df34.jpg
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. “O‘zbekneftgaz” Rossiyaning “Peton” injiniring xoldingini gazni qayta ishlash va gaz kimosi sohasidagi texnologiyalarni joriy etish uchun jalb qildi. Bu haqda "O‘zbekneftgaz" matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, “O‘zbekneftgaz” AJ va “PETON” kompaniyasi mutaxassislari hamkorligida Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi hamda Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasidagi tabiiy gazni qayta ishlash jarayonlarini takomillashtirish imkoniyatlari o‘rganildi.Mazkur hududlarga tashriflar mobaynida xorijiy mutaxassislar bilan gazni qayta ishlash va gaz-kimyo sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, qayta ishlash jarayonlarini modernizatsiyalash, yuqori samarali ilmiy ishlanmalarni tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish sarf harajatlarini kamaytirish va texnologik jarayon sikllarini qisqartirishni yo‘lga qo‘yishda qazib olinayotgan tabiiy gaz tarkibidagi komponentlardan samarali tozalash texnologiyalarini joriy etish muhim hisoblanadi.Quyidagilar bo‘yicha hamkorlikda o‘rganishlar olib borish belgilab olindi:Ma’lumot uchun, “PETON” kompaniyasi Rossiyaning yirik texnologik muhandislik xoldinglaridan biri hisoblanadi. U neft va gaz sohasida xomashoni monetizatsiyalash, loyihalash, qurilma va jihozlarni ishlab chiqarish, qurilish, loyihani olib borish va YeRS xizmatlarini amalga oshiradi.Kompaniya tashkil etilganidan buyon MDH davlatlarida 170 dan ortiq loyihalarni amalga oshirgan.Mavzuga oid:
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/05/33523460_122:0:1159:778_1920x0_80_0_0_f6699a795d63c1b00b2e7d01c7589c85.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston rossiya o‘zbekneftgaz peton
o‘zbekiston rossiya o‘zbekneftgaz peton
O‘zbekiston gazni qayta ishlash jarayonlariga Rossiya xoldingini jalb qildi
09:23 05.04.2023 (yangilandi: 18:44 05.04.2023) “O‘zbekneftgaz” va “PETON” xoldingi tabiiy gazni qayta ishlash jarayonlarini takomillashtirish imkoniyatlarini o‘rgandi.
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. “O‘zbekneftgaz” Rossiyaning “Peton” injiniring xoldingini gazni qayta ishlash va gaz kimosi sohasidagi texnologiyalarni joriy etish uchun jalb qildi. Bu haqda "O‘zbekneftgaz" matbuot xizmati
xabar berdi. Qayd etilishicha, “O‘zbekneftgaz” AJ va “PETON” kompaniyasi mutaxassislari hamkorligida Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi hamda Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasidagi tabiiy gazni qayta ishlash jarayonlarini takomillashtirish imkoniyatlari o‘rganildi.
Mazkur hududlarga tashriflar mobaynida xorijiy mutaxassislar bilan gazni qayta ishlash va gaz-kimyo sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, qayta ishlash jarayonlarini modernizatsiyalash, yuqori samarali ilmiy ishlanmalarni tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish sarf harajatlarini kamaytirish va texnologik jarayon sikllarini qisqartirishni yo‘lga qo‘yishda qazib olinayotgan tabiiy gaz tarkibidagi komponentlardan samarali tozalash texnologiyalarini joriy etish muhim hisoblanadi.
"Shu bois “PETON” kompaniyasi mutaxassislarining korxonalardagi tabiiy gaz tarkibidan komponentlarni ajratib olish va ulardan yuqori qo‘shilgan qiymatdagi tovar mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha takliflari tinglandi", - deyiladi xabarda.
Quyidagilar bo‘yicha hamkorlikda o‘rganishlar olib borish belgilab olindi:
xomashyo gazlaridan etan gazini monetizatsiya qilish;
tovar gaz tarkibidagi oltingugurt merkaptanini belgilangan meyorlarga tushirish;
nordon gazlarni tozalash va ulardan texnik oltingugurt mahsulotini olish unumdorligini ko‘tarish;
suyultirilgan uglevodorodlar ajralish hamda tozalash jarayonining samaradorligini oshirish;
ishlab chiqarish texnologik quvvatlarini takomillashtirish.
Ma’lumot uchun, “PETON” kompaniyasi Rossiyaning yirik texnologik muhandislik xoldinglaridan biri hisoblanadi. U neft va gaz sohasida xomashoni monetizatsiyalash, loyihalash, qurilma va jihozlarni ishlab chiqarish, qurilish, loyihani olib borish va YeRS xizmatlarini amalga oshiradi.
Kompaniya tashkil etilganidan buyon MDH davlatlarida 170 dan ortiq loyihalarni amalga oshirgan.