May oyidan rasmiy daromadi yetarli bo‘lmagan aholi ham ipoteka krediti olishi mumkin bo‘ladi

© PixabayIpoteka, illyustrativnoe foto
Ipoteka, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Obuna bo‘lish
Shuningdek, dastlabki badalni ko‘proq to‘lagan fuqarolar bankdan arzonroq kredit olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. 1 maydan boshlab rasmiy daromadi yetarli bo‘lmagan aholiga ham ipoteka krediti olish imkoni yaratiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan 2023-yilgi ipoteka dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ta’kidlandi.
Davlat rahbari qurilish hajmlarini o‘z vaqtida ta’minlash har bir viloyat iqtisodiy ko‘rsatkichlarining o‘sishiga katta turtki berishini ta’kidladi. Shu bois, aholi va quruvchilar uchun yangi yengillik va imkoniyatlar yaratilishi aytildi.
Jumladan, ipoteka krediti va subsidiya bilan ko‘proq aholi qamrab olinadi:
1 maydan boshlab rasmiy daromadi yetarli bo‘lmagan aholiga ham ipoteka krediti olish imkoni yaratiladi. Bunda ularning to‘lov qobiliyatini aniqlashda bank kartasidagi aylanma, ijara, kommunal va boshqa xarajatlarga to‘langan pullari ham hisobga olinadi;
dastlabki badalni ko‘proq to‘lagan fuqarolar bankdan arzonroq kredit olish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
subsidiyaga ajratilgan mablag‘larni tezroq ishlatish uchun subsidiya xabarnomasining amal qilish muddati 12 oydan 4 oyga tushiriladi. Ya’ni, bu muddat qisqartirilishi orqali subsidiyadan ko‘proq aholi foydalanishi uchun imkoniyat yaratiladi.
Shu bilan birga, 4 oy davomida sertifikatidan foydalanmagan fuqarolarga subsidiya olish uchun yana qayta murojaat qilish huquqi beriladi.
Yangiliklar lentasi
0