https://oz.sputniknews.uz/20230405/kasb-33540638.html
O‘zbekistonda yoshlar ko‘proq qaysi kasbni egallashni xohlaydi
O‘zbekistonda yoshlar ko‘proq qaysi kasbni egallashni xohlaydi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda qizlar ko‘proq shifokor, yigitlar esa IT mutaxassisi bo‘lmoqchi. Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutining (MHTI) 10 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ota-onalari ishtirokida o‘tkazgan so‘rovi shuni ko‘rsatdi.
2023-04-05T14:11+0500
2023-04-05T14:11+0500
2023-04-05T14:20+0500
jamiyat
o‘zbekiston
yoshlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/01/25806751_0:141:3072:1869_1920x0_80_0_0_0d6d74a4aae5ade23900f5060e00d1b3.jpg
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. O‘zbekistonda qizlar ko‘proq shifokor, yigitlar esa IT mutaxassisi bo‘lmoqchi. Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutining (MHTI) 10 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ota-onalari ishtirokida o‘tkazgan so‘rovi shuni ko‘rsatdi.So‘rovnoma javoblariga binoan, yoshlarda tibbiyot yo‘nalishidagi kasblarga (15,5 foiz) qiziqish kattaligi aniqlandi. Keyingi o‘rinlarni o‘qituvchi (9,7 foiz), IT mutaxassisligi (9,3 foiz), iqtisodchi (sohalar bo‘yicha) (8,2 foiz), tadbirkor (7,7 foiz) kabi kasblar egalladi. Respondentlarning 2,5 foizi farzandlari kelajakdagi kasbi haqida hali qarorga kelmaganini ta’kidlagan.Farzandining kasb to‘g‘risidagi qarori qanday bo‘lmasin, ota-onalarning 81,6 foizi bu qarorni bajonidil qabul qilishini, 12,7 foizi esa ushbu qarorni o‘zgartirish kerakligini iltimos qilishini aytgan.So‘rovda ishtirok etganlarning aksariyati (80,2 foizi) farzandlarini ma’lum kasb bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lib, elga taniladigan inson sifatida ko‘rishi ma’lum bo‘lgan. Moddiy ta’minlanganlik va mulk egasi bo‘lishi ikkinchi orzu bo‘lib qolmoqda (7,9 foiz). Ushbu savolning javoblari ota-onalarning millati va ma’lumot darajasi, farzandning jinsi bo‘yicha farq qilmaydi.Aksariyat ota-onalar (95,8 foiz) farzandlari kelajagi borasida o‘zaro maslahatlashgan. 88,3 foiz holatda ularning fikri bir joydan chiqqan bo‘lsa, 7,2 foiz holatda fikrlar keskin farqlangan.So‘rovnoma javoblari shuni ko‘rsatganki, ota-onalar farzandlari kelajagini rejalashtirishda bolalarning fikriga ham e’tibor bermoqda. Ota-onalarning 97,9 foizi o‘z farzandlari bilan ushbu mavzuda suhbatlashgan bo‘lib, 86,3 foizi farzandlarining tanlovini ma’qullagan, 11,1 foizi qisman ma’qullagan, 1,3 foizi esa qoniqmagan.So‘rovda 2100 kishi ishtirok etdi. Respondentlarning 72 foizini ayollar, 28 foizini erkaklar tashkil etdi. Ta’lim darajasi bo‘yicha ularning 4,6 foizi ilmiy darajaga, 36,1 foizi oliy ma’lumotga, 21,2 foizi o‘rta, 38,2 foizi o‘rta maxsus ma’lumotga ega.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/01/25806751_172:0:2901:2047_1920x0_80_0_0_8441e8dae4ca347865eccc954536935e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yoshlar kasb o‘zbekiston tadqiqot so‘rov
yoshlar kasb o‘zbekiston tadqiqot so‘rov
O‘zbekistonda yoshlar ko‘proq qaysi kasbni egallashni xohlaydi
14:11 05.04.2023 (yangilandi: 14:20 05.04.2023) 10 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ota-onalari ishtirokida so‘rov o‘tkazildi.
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. O‘zbekistonda qizlar ko‘proq shifokor, yigitlar esa IT mutaxassisi bo‘lmoqchi. Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutining (MHTI) 10 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ota-onalari ishtirokida o‘tkazgan so‘rovi
shuni ko‘rsatdi. So‘rovnoma javoblariga binoan, yoshlarda tibbiyot yo‘nalishidagi kasblarga (15,5 foiz) qiziqish kattaligi aniqlandi. Keyingi o‘rinlarni o‘qituvchi (9,7 foiz), IT mutaxassisligi (9,3 foiz), iqtisodchi (sohalar bo‘yicha) (8,2 foiz), tadbirkor (7,7 foiz) kabi kasblar egalladi. Respondentlarning 2,5 foizi farzandlari kelajakdagi kasbi haqida hali qarorga kelmaganini ta’kidlagan.
Qizlar ko‘proq shifokor (16,3 foiz) va o‘qituvchi (13,8 foiz) kasblarini tanlagan bo‘lsa, o‘g‘il bolalar birinchi o‘rinda IT mutaxassisligi (18,7 foiz), keyin esa shifokor (13,7 foiz), iqtisodchi (13,2 foiz) va tadbirkor (11,2 foiz) kasblarini afzal ko‘rgan.
Farzandining kasb to‘g‘risidagi qarori qanday bo‘lmasin, ota-onalarning 81,6 foizi bu qarorni bajonidil qabul qilishini, 12,7 foizi esa ushbu qarorni o‘zgartirish kerakligini iltimos qilishini aytgan.
So‘rovda ishtirok etganlarning aksariyati (80,2 foizi) farzandlarini ma’lum kasb bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lib, elga taniladigan inson sifatida ko‘rishi ma’lum bo‘lgan. Moddiy ta’minlanganlik va mulk egasi bo‘lishi ikkinchi orzu bo‘lib qolmoqda (7,9 foiz). Ushbu savolning javoblari ota-onalarning millati va ma’lumot darajasi, farzandning jinsi bo‘yicha farq qilmaydi.
Aksariyat ota-onalar (95,8 foiz) farzandlari kelajagi borasida o‘zaro maslahatlashgan. 88,3 foiz holatda ularning fikri bir joydan chiqqan bo‘lsa, 7,2 foiz holatda fikrlar keskin farqlangan.
So‘rovnoma javoblari shuni ko‘rsatganki, ota-onalar farzandlari kelajagini rejalashtirishda bolalarning fikriga ham e’tibor bermoqda. Ota-onalarning 97,9 foizi o‘z farzandlari bilan ushbu mavzuda suhbatlashgan bo‘lib, 86,3 foizi farzandlarining tanlovini ma’qullagan, 11,1 foizi qisman ma’qullagan, 1,3 foizi esa qoniqmagan.
So‘rovda 2100 kishi ishtirok etdi. Respondentlarning 72 foizini ayollar, 28 foizini erkaklar tashkil etdi. Ta’lim darajasi bo‘yicha ularning 4,6 foizi ilmiy darajaga, 36,1 foizi oliy ma’lumotga, 21,2 foizi o‘rta, 38,2 foizi o‘rta maxsus ma’lumotga ega.