Bugun havo qanday bo‘ladi?

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishPovsednevnaya jizn
Povsednevnaya jizn - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Obuna bo‘lish
Prognozlarga ko‘ra, bugun faqat vodiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qolgan hududlarda yomg‘ir va do‘l yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi.
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Bugun respublikaning qator hududlarida yomg‘ir yog‘adi, faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Prognozlarga ko‘ra, poytaxtda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumikn. Harorat kechasi +10-12 daraja, kunduzi +16-18 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +7-12 daraja, kunduzi +12-17 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, Navoiy viloyatida ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +7-12 daraja, kunduzi +15-20 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax Sirdaryo viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi, do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +7-12 daraja, kunduzi +15-20 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +10-15 daraja, kunduzi +18-23 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7-12 daraja, kunduzi +15-20 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +2-7 daraja iliq, kunduzi +7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0