https://oz.sputniknews.uz/20230404/yangi-toshkent-shahri-33519305.html
Prezident Yangi Toshkent shahri loyihasi konsepsiyasi taqdimoti bilan tanishdi
Prezident Yangi Toshkent shahri loyihasi konsepsiyasi taqdimoti bilan tanishdi
Sputnik O‘zbekiston
Davlat rahbari 18-mart kuni Yangi Toshkent shahri loyihasiga tamal toshi qo‘ygan edi. Bugungi taqdimotda uning birinchi bosqichi doirasidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
2023-04-04T20:40+0500
2023-04-04T20:40+0500
2023-04-05T11:46+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/04/33518824_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_04b3381400f6f1e1c50159f7c2c70cc4.jpg
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahri loyihasi konsepsiyasi va poytaxtdagi bunyodkorlik ishlariga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.Davlat rahbari 18-mart kuni Yangi Toshkent shahri loyihasiga tamal toshi qo‘ygan edi. Bugungi taqdimotda uning birinchi bosqichi doirasidagi masalalar ko‘rib chiqildi.Ma’lum qilinishicha, bu bosqichda 60 ming aholiga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uylar, davlat idoralari uchun ma’muriy binolar, bog‘lar, ijtimoiy va iqtisodiy obyektlar barpo etilishi rejalashtirilgan. Bularni loyihalashtirish va barcha ishlarni muvofiqlashtirish uchun direksiya tuzildi. Xorijiy megapolislardagi urbanizatsiya va qurilish tajribasi o‘rganildi.Shunga muvofiq, Yangi Toshkentni administratsiya, iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniyat kabi 5 ta negiz asosida qurish mo‘ljallanmoqda. Bularning har biri tizimdagi bo‘g‘inlar va quyi tashkilotlarni o‘z ichiga oladi.Taqdimotda bunyodkorlik jarayonining “yo‘l xaritasi” bo‘yicha ham axborot berildi. Loyihalarni amalga oshirishda zamonaviy urbanizatsiya yondashuvlari, “aqlli” texnologiyalar qo‘llaniladi. Masalan, “uch-generatsiya” stansiyasi qurilib, ham elektr ishlab chiqariladi, ham binolar qishda isitilib, yozda sovutiladi. Barcha elektr, aloqa tarmoqlari, gaz va suv quvurlari yer tagidan o‘tkaziladi.Shaharda infratuzilma, turmush va ekologiya mutanosib bo‘ladi. “Toshkentning yashil belbog‘i” loyihasi shu yerdan boshlanadi. Piyodalar va velosipedchilarning erkin harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Shu maqsadda avtomobillar uchun yer osti turargohlari, 14 ta zamonaviy tunel, Chirchiq va Qorasuv darolari ustida 7 ta ko‘prik bunyod etiladi.Mirziyoyev bo‘lajak shaharda “inson qadri” tamoyilini qaror toptirish, turli yoshdagi odamlarning ehtiyojlarini inobatga olib, barcha qulayliklarni yaratish zarurligini ta’kidladi. Inshootlarni ekspluatatsiya va transportlar uchun qulay joylashtirish, yashil hududlar ko‘p bo‘lishiga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.Taqdimotdagi yana bir loyiha Toshkent yer usti metrosining ostida savdo va xizmat shoxobchalarini joylashtirish haqida bo‘ldi. Jumladan, mazkur transport inshootining Yashnobod tumanidagi qismida 4 kilometr bo‘sh joy bor. U yerda yashil hududlar, avtoturargoh, vorkaut madonchalari, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tashkil etish mumkin. Bu borada Berlin shahri tajribasi o‘rganilgan.Ushbu hududlarni lotlarga ajratgan holda ijaraga berish, xavfsizlikni ta’minlab, aholi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/04/33518824_73:0:1208:851_1920x0_80_0_0_6f6646e4c6857c9669952d980d25fed1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yangi toshkent shahri loyihasi shavkat mirziyoyev taqdimot
yangi toshkent shahri loyihasi shavkat mirziyoyev taqdimot
Prezident Yangi Toshkent shahri loyihasi konsepsiyasi taqdimoti bilan tanishdi
20:40 04.04.2023 (yangilandi: 11:46 05.04.2023) Yangi Toshkentni administratsiya, iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniyat kabi 5 ta negiz asosida qurish mo‘ljallanmoqda.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahri loyihasi konsepsiyasi va poytaxtdagi bunyodkorlik ishlariga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar qildi. Davlat rahbari 18-mart kuni Yangi Toshkent shahri loyihasiga tamal toshi qo‘ygan edi. Bugungi taqdimotda uning birinchi bosqichi doirasidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
Ma’lum qilinishicha, bu bosqichda 60 ming aholiga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uylar, davlat idoralari uchun ma’muriy binolar, bog‘lar, ijtimoiy va iqtisodiy obyektlar barpo etilishi rejalashtirilgan. Bularni loyihalashtirish va barcha ishlarni muvofiqlashtirish uchun direksiya tuzildi. Xorijiy megapolislardagi urbanizatsiya va qurilish tajribasi o‘rganildi.
Shunga muvofiq, Yangi Toshkentni administratsiya, iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniyat kabi 5 ta negiz asosida qurish mo‘ljallanmoqda. Bularning har biri tizimdagi bo‘g‘inlar va quyi tashkilotlarni o‘z ichiga oladi.
Taqdimotda bunyodkorlik jarayonining “yo‘l xaritasi” bo‘yicha ham axborot berildi. Loyihalarni amalga oshirishda zamonaviy urbanizatsiya yondashuvlari, “aqlli” texnologiyalar qo‘llaniladi. Masalan, “uch-generatsiya” stansiyasi qurilib, ham elektr ishlab chiqariladi, ham binolar qishda isitilib, yozda sovutiladi. Barcha elektr, aloqa tarmoqlari, gaz va suv quvurlari yer tagidan o‘tkaziladi.
Shaharda infratuzilma, turmush va ekologiya mutanosib bo‘ladi. “Toshkentning yashil belbog‘i” loyihasi shu yerdan boshlanadi. Piyodalar va velosipedchilarning erkin harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Shu maqsadda avtomobillar uchun yer osti turargohlari, 14 ta zamonaviy tunel, Chirchiq va Qorasuv darolari ustida 7 ta ko‘prik bunyod etiladi.
Mirziyoyev bo‘lajak shaharda “inson qadri” tamoyilini qaror toptirish, turli yoshdagi odamlarning ehtiyojlarini inobatga olib, barcha qulayliklarni yaratish zarurligini ta’kidladi. Inshootlarni ekspluatatsiya va transportlar uchun qulay joylashtirish, yashil hududlar ko‘p bo‘lishiga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.
Taqdimotdagi yana bir loyiha Toshkent yer usti metrosining ostida savdo va xizmat shoxobchalarini joylashtirish haqida bo‘ldi. Jumladan, mazkur transport inshootining Yashnobod tumanidagi qismida 4 kilometr bo‘sh joy bor. U yerda yashil hududlar, avtoturargoh, vorkaut madonchalari, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tashkil etish mumkin. Bu borada Berlin shahri tajribasi o‘rganilgan.
Ushbu hududlarni lotlarga ajratgan holda ijaraga berish, xavfsizlikni ta’minlab, aholi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.