https://oz.sputniknews.uz/20230404/toshkent-metrosining-er-usti-bekatlarini-nomlash-ovozga-qoyildi-33515051.html
Toshkent metrosining yer usti bekatlarini nomlash ovozga qo‘yildi
Toshkent metrosining yer usti bekatlarini nomlash ovozga qo‘yildi
Sputnik O‘zbekiston
Endi toshkentliklar bu uchta variantdan birini tanlash taklif qilinmoqda. Ovoz berish geonom.tashkent.uz platformasida 4-aprel kunidan 18-aprelga qadar davom etadi.
2023-04-04T19:29+0500
2023-04-04T19:29+0500
2023-04-04T19:29+0500
jamiyat
metro
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/0d/32846576_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_ce5eadcfe650052c0e10cfb4d9b21dc6.jpg
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Toshkent shahar hokimligi poytaxt ahlini metroning oxirgi yillarda ochilgan 19 ta yangi bekatiga nom qo‘yish uchun ovoz berishga taklif qildi.2022 yil 5-11 dekabr kunlari geonom.tashkent.uz saytida Toshkent shahar metropoliteni yer usti liniyasining "Do‘stlik-Qo‘yliq" va "Olmazor-Sergeli" yo‘nalishlaridagi 19 ta bekatiga nom berish bo‘yicha takliflar yig‘ilgan.Transport vazirligi huzuridagi taniqli olimlar, tarixchilar, filologlar, toponimistlar va boshqa soha mutaxassis-ekspertlari, shuningdek, OAV vakillari, blogerlardan iborat ishchi guruh kelib tushgan takliflardan har bir bekat uchun eng mos nomni tanlab olgan.Metro bekatlari nomlari bo‘yicha o‘tkazilgan ovoz berish natijalari Transport vazirligiga tegishli takliflarni tayyorlash va keyinchalik ularni Vazirlar Mahkamasiga qaror qabul qilish uchun kiritishga taqdim etiladi.Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil dekabrida Toshkentda geografik obyektlar va yer usti metrosi bekatlariga nom berish bo‘yicha jamoatchilik fikrini yig‘ish va ovozga qo‘yish uchun veb-sahifa ishga tushirilgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/0d/32846576_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_afbb502b5232b272626e7ab571e1eed8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent metro ovoz berish golosovanie geonom.tashkent.uz
toshkent metro ovoz berish golosovanie geonom.tashkent.uz
Toshkent metrosining yer usti bekatlarini nomlash ovozga qo‘yildi
Ovoz berish geonom.tashkent.uz platformasida 4-aprel kunidan 18-aprelga qadar davom etadi.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Toshkent shahar hokimligi poytaxt ahlini metroning oxirgi yillarda ochilgan 19 ta yangi bekatiga nom qo‘yish uchun ovoz berishga
taklif qildi.
2022 yil 5-11 dekabr kunlari
geonom.tashkent.uz saytida Toshkent shahar metropoliteni yer usti liniyasining "Do‘stlik-Qo‘yliq" va "Olmazor-Sergeli" yo‘nalishlaridagi 19 ta bekatiga nom berish bo‘yicha takliflar yig‘ilgan.
Transport vazirligi huzuridagi taniqli olimlar, tarixchilar, filologlar, toponimistlar va boshqa soha mutaxassis-ekspertlari, shuningdek, OAV vakillari, blogerlardan iborat ishchi guruh kelib tushgan takliflardan har bir bekat uchun eng mos nomni tanlab olgan.
Endi toshkentliklarga bu uchta variantdan birini tanlash taklif qilinmoqda. Ovoz berish geonom.tashkent.uz platformasida 4-aprel kunidan 18-aprelga qadar davom etadi.
Metro bekatlari nomlari bo‘yicha o‘tkazilgan ovoz berish natijalari Transport vazirligiga tegishli takliflarni tayyorlash va keyinchalik ularni Vazirlar Mahkamasiga qaror qabul qilish uchun kiritishga taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil dekabrida Toshkentda geografik obyektlar va yer usti metrosi bekatlariga nom berish bo‘yicha jamoatchilik fikrini yig‘ish va ovozga qo‘yish uchun veb-sahifa
ishga tushirilgan edi.