Toshkentda farzandlari bilan o‘zini 9-qavatdan tashlagan ayol yuzasidan rasmiy bayonot berildi

© Press-slujba Generalnoy prokuraturi UzbekistanaGeneralnaya prokuratura Uzbekistana
Generalnaya prokuratura Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2023
Obuna bo‘lish
Bosh prokuratura hamda Toshkent shahar prokuratura rahbariyati boshchiligidagi tezkor-tergov guruhi tomonidan voqea joyi ko‘zdan kechirilib, tekshirish harakatlari olib borildi.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Kecha Toshkent shahar Sergeli tumanida ayol 3 nafar farzandi bilan o‘zini 9-qavatdan pastga tashlab, halok bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97 va 103 moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deyiladi Bosh prokuratura rasmiy bayonotida.
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Sergelida ayol 3 nafar farzandi bilan o‘zini 9-qavatdan pastga tashlagani haqida xabarlar tarqaldi. Xabar asosida Bosh prokuratura hamda Toshkent shahar prokuratura rahbariyati boshchiligidagi tezkor-tergov guruhi tomonidan voqea joyi ko‘zdan kechirilib, tekshirish harakatlari olib borildi.
Aniqlanishicha, 3-aprel kuni soat 19.20 larda Sergeli tumani 8-mavzedagi ko‘p qavatli uyida yashab kelgan ayol (1996 y.t.) ikki nafar o‘g‘li va bir nafar qizini qasddan o‘ldirish maqsadida 9-qavatdan birin-ketin derazadan tashlab yuborib, so‘ngra o‘zi ham oynadan sakrab, o‘z joniga qasd qilgan.
Oqibatda barchasi hodisa joyida vafot etishgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97 (Qasddan odam o‘ldirish) va 103 (O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, marhuma ayol Toshkent viloyati Zangiota tumanida turmush o‘rtog‘i bilan istiqomat qilgan xonadonda 2022-yil oktabr oyida yong‘in sodir bo‘lganligi sababli 3 nafar farzandlari bilan birga onasining Seregeli 8-mavzesidagi uyiga kelib, ular bilan birga istiqomat qilib kelgan. Bu holatlar uning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
Shuningdek, marhumaning turmush o‘rtog‘i hozirda Umra ziyorati maqsadida Saudiya Arabistonda ekanligi aniqlangan.
Tergov guruhi tomonidan ushbu fojeaning barcha ehtimoliy sabablarini sinchikovlik bilan tekshirish maqsadida qator tergov taxminlari ishlab chiqilgan.
Xususan, oilaviy kelishmovchilik, marhumada kuzatilgan ruhiy o‘zgarishlarga olib kelgan sabablar o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga keltirish va boshqa taxminlarning barchasi dastlabki tergov jarayonida batafsil tekshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0