O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel kelish xavfi e’lon qilindi
© PixabaySelevoy potok
© Pixabay
Obuna bo‘lish
Respublikaning ayrim hududlarida do‘l yog‘ishi mumkin.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Joriy yilning 5-7 aprel kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, shu sanalarda mamlakat bo‘ylab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 5-aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 5-7 aprelda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Respublikaning ayrim hududlarida do‘l yog‘ishi mumkin.
Momaqaldiroq paytida ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi.
5-7 aprel kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:
Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod tumanlarida;
Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Pskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.