https://oz.sputniknews.uz/20230404/ozbekiston-va-vengriya-33519909.html
O‘zbekiston va Vengriya maxsus investitsiya jamg‘armasini tashkil etadi
O‘zbekiston va Vengriya maxsus investitsiya jamg‘armasini tashkil etadi
Sputnik O‘zbekiston
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov vengriyalik hamkasbi bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni muhokama qildi. 04.04.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-04-04T21:13+0500
2023-04-04T21:13+0500
2023-04-04T21:13+0500
iqtisod
vengriya
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/0b/24476865_0:100:1921:1180_1920x0_80_0_0_4533eff3a309409c0feb6a77c5ad7093.jpg
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida ustav kapitali 50 million yevro bo‘lgan maxsus investitsiya jamg‘armasi yaratiladi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi axborot xizmati xabar berdi.Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Vengriya Iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nadji bilan onlayn muzokaralar o‘tkazdi. Suhbatda ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari va kelgusidagi chora-tadbirlari muhokama qilindi.Vengriya tomoni Toshkent viloyatida parrandachilik klasterini yaratish niyatini tasdiqladi. O‘zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda Qoraqalpog‘istonda qizilmiyani qayta ishlash majmuasini tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.Shuningdek, ikki tomonlama tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha istiqboldagi rejalar muhokama qilindi, xususan, O‘zbekiston-Vengriya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini 22-23 may kunlari Budapesht shahrida o‘tkazishga kelishib olindi.
vengriya
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/0b/24476865_0:0:1707:1280_1920x0_80_0_0_2e9d98dd588c181986d59e99820c86ab.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, vengriya, o‘zbekiston
iqtisod, vengriya, o‘zbekiston
O‘zbekiston va Vengriya maxsus investitsiya jamg‘armasini tashkil etadi
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov vengriyalik hamkasbi bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni muhokama qildi.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida ustav kapitali 50 million yevro bo‘lgan maxsus investitsiya jamg‘armasi yaratiladi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi axborot xizmati
xabar berdi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Vengriya Iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nadji bilan onlayn muzokaralar o‘tkazdi. Suhbatda ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari va kelgusidagi chora-tadbirlari muhokama qilindi.
Vengriya tomoni Toshkent viloyatida parrandachilik klasterini yaratish niyatini tasdiqladi. O‘zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda Qoraqalpog‘istonda qizilmiyani qayta ishlash majmuasini tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Shuningdek, ikki tomonlama tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha istiqboldagi rejalar muhokama qilindi, xususan, O‘zbekiston-Vengriya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini 22-23 may kunlari Budapesht shahrida o‘tkazishga kelishib olindi.