Nijniy Novgoroddan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSamolet Boeing 757-231 aviakompanii "Uzbekistan Airways" v mejdunarodnom aeroportu Vnukovo imeni A. N. Tupoleva.
Samolet Boeing 757-231 aviakompanii Uzbekistan Airways v mejdunarodnom aeroportu Vnukovo imeni A. N. Tupoleva. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2023
Obuna bo‘lish
Toshkentdan Rossiyaning Nijniy Novgorod shahriga muntazam qatnovlar haftada ikki marta – seshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. "Uzbekistan Airways" bahor-yoz jadvali bo‘yicha Toshkentdan Nijniy Novgorodga muntazam qatnovlarni amalga oshirishni boshladi, deya xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.
Endilikda Toshkentdan Rossiyaning Nijniy Novgorod shahriga muntazam qatnovlar haftada ikki marta – seshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
Qatnovlar vaqti:
Toshkentdan uchib ketish – 18:00;
Nijniy Novgorodga yetib kelish – 20:00;
Nijniy Novgoroddan uchib ketish – 21:30;
Toshkentga yetib kelish – ertasi kuni soat 03:00.
Uchib ketish va yetib kelish manzili mahalliy vaqt bilan ko‘rsatilgan.
Bir tomonga aviachipta narxi 4-aprel holatiga ko‘ra 1 442 630 so‘mdan, ikki tomonga 2 326 734 so‘mdan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq V.P. Chkalov nomidagi Nijniy Novgorod xalqaro aeroportidan Toshkentga parvozlar ochilayotgani ma’lum qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0