Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 4-aprelning asosiy voqealari

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishRabota morskoy pexoti v zone SVO
Rabota morskoy pexoti v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya maqsadlariga muvofiq Ukraina armiyasi, millatchi batalonlari, xorijiy yollanma askarlar guruhlari hamda harbiy texnikasini yo‘q qilishda davom etmoqda.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgam maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyatining Dvurechnaya, Sinkovka, Berestovoe va Lugansk Xalq Respublikasining Stelmaxivka aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli Kuchlarining 30 dan ortiq harbiylari, ikkita zirhli jangovar mashinasi, bitta avtomobil va D-20 gaubitsasini yo‘q qildi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlar guruhi LXRning Nevskoe, DXRning Yampolovka va Grigorovka aholi punktlari hududlarida dushmanning 225 nafargacha harbiy xizmatchilari, uchta zirhli jangovar texnikasi, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasi va D-30 gaubitsasini yo‘q qildi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" kuchlar guruhi faol harakatlari natijasida dushmanning 65 nafargacha harbiy xizmatchilari, to‘rtta zirhli jangovar mashinasi, ikkita avtomashinasi va bitta D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk va Zaporojye yo‘nalishlarida "Sharq" qo‘shinlari guruhi Donetsk Xalq Respublikasining Ugledar, Novoselka, Zaporoje viloyatining Orexov va Sherbaki aholi punktlari hududlarida dushmanning 70 nafargacha harbiy xizmatchisi, ikkita zirhli jangovar mashinasi va bitta D-20 gaubitsasini yo‘q qildi.
Xerson yo‘nalishida dushmanning 10 tagacha harbiy xizmatchisi, ikkita avtomashinasi va ikkita D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa qo‘shinlari va artilleriyasi kun davomida 96 ta hududda joylashgan 83ta artilleriya bo‘linmalariga zarba berdi.
Bundan tashqari, Xarkov viloyatidagi Ogursovo, Donetsk xalq respublikasidagi Kuraxovo va Zaporoje viloyatidagi Orexov aholi punktlari hududlarida dushmanning uchta artilleriya ombori yo‘q qilindi.
Donesk Xalq Respublikasining Konstantinovka aholi punkti hududida Ukraina Qurolli kuchlarining raketa va artilleriya qurollari ombori vayron qilindi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari kun davomida HIMARS (AQSh) reaktiv tizimining uchta raketasini tutib oldi. Shuningdek, DXRNing Krasnogorovka va Xerson viloyatidagi Kaxovka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning uchta uchuvchisiz uchish apparatlarini yo‘q qildi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukrainaning jami 405 ta samolyoti, 228 ta vertoloti, 3 651 ta uchuvchisiz uchish apparati, 415 ta zenit-raketa kompleksi, 8 534 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalari, 1 078 ta ko‘p sonli raketa tizimlarining jangovar texnikasi, 4501 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 9292 dona maxsus harbiy texnikasi yo‘q qilindi.
Yangiliklar lentasi
0