Konstitutsiyaviy qonun loyihasi Brayl alifbosida chop etildi

© Natsionalniy sentr Respubliki Uzbekistan po pravam chelovekaProyekt konstitutsionnogo zakona opublikovan shriftom Braylya
Proyekt konstitutsionnogo zakona opublikovan shriftom Braylya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2023
Obuna bo‘lish
Konstitutsiyaviy qonun loyihasining Brayl alifbosidagi nashri nogironligi bo‘lgan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi Brayl alifbosida chop etildi. Bu Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va “Barqaror rivojlanish markazi” tomonidan amalga oshirildi.
Milliy markaz tashabbusi bilan ilk marotaba O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonun 2020-yilda Brayl alifbosida nashr etilgan.
O‘z navbatida, Konstitutsiyaviy qonun loyihasining Brayl alifbosidagi nashri nogironligi bo‘lgan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 30-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish masalasi bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0