Shavkat Mirziyoyevga birinchilar qatorida Turkiya elektromobili sovg‘a qilinadi — Erdog‘an

© Foto : Presidency Of The Republic Of TurkeyPrezident Tursii Redjep Tayip Erdogan stal pervim vladelsem pervogo elektrokara tureskogo proizvodstva TOGG
Prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan stal pervim vladelsem pervogo elektrokara tureskogo proizvodstva TOGG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2023
Obuna bo‘lish
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an va uning rafiqasi Turkiyaning birinchi Togg elektromobilining ilk egalariga aylandi.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Turkiyada ishlab chiqilgan elektromobilni sovg‘a qilmoqchi. Bu haqda u Togg t10x mashinasini qabul qilish marosimida aytib o‘tdi.
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an va uning rafiqasi Turkiyaning birinchi Togg elektromobilining ilk egalariga aylandi.

“Bugun biz xalqimizning 60-yillik orzusi ushalayotganiga guvoh bo‘ldik. Togg rekordlarni yangiladi, bu bizning shaxsiy mashinamiz", - deydi Turkiya yetakchisi.

Marosimda ikkita Togg elektromobili taqdim etildi, Erdog‘an va uning rafiqasi qizil rangli mashinaga o‘tirishdi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, uning o‘zi ko‘k rangli mashinani boshqaradi.
Xabarda qayd etilishicha, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev navbatdagi elektromobilni oladi.
Elektromobilning 160 kilovatt quvvatga ega akkumulyatorli eng arzon modeli, bir quvvatlanishda 314 kilometr yura oladi. U 953 ming lir (50 ming dollardan ortiq) turadi, birinchi yetkazib berish iyul oyiga mo‘ljallangan.
Yangiliklar lentasi
0