BAA vakillari O‘zbekistonga rahbar kadrlarni tayyorlashda hamkorlik qilishni taklif qildi

© Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasiBAA
BAA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va BAA rahbar kadrlarni tayyorlash loyihalarini birgalikda amalga oshirishi kutilmoqda.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) O‘zbekistonga rahbar kadrlarni tayyorlashda hamkorlik qilishni taklif qildi. Bu haqda Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi xabar berdi.
O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi M.Komilov rahbarligidagi delegatsiya BAAda bo‘ldi. Tashrif davomida o‘ndan ortiq ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi.
Jumladan, O‘zbekiston delegatsiyasining BAA Islom ishlari va vaqf bosh idorasi, Sharja Islom sivilizatsiyasi muzeyi, Abu Dabi “Hedayah” tadqiqot markazi faoliyati bilan ham yaqindan tanishuvlari doirasida ham o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama etildi.
BAA Federal milliy kengashi Mudofaa masalalari, ichki va tashqi ishlar qo‘mitasi raisi, “Hedayah” markazi rahbari Doktor Ali Rashid al Nuaimiy rahbar kadrlarni tayyorlash dasturi O‘zbekistonda juda muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirilayotganligini qayd etdi. U bu boradagi loyihalarni birgalikda amalga oshirishni taklif qildi.
Qayd etilishicha, Sharja Islom sivilizatsiyasi muzeyida o‘zbek zaminidan yetishib chiqqan Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Boysung‘ur Mirzo, Bobur Mirzo kabi buyuk sarkarda va allomalarga tegishli noyob tarixiy manbalar o‘rganildi.
Mamlakat vakillarining BAAga tashrifi davomida o‘tkazilgan muloqotlar O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi ko‘p qirrali madaniy-gumanitar hamda do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Yangiliklar lentasi
0