Biz oltita qo‘shni davlat bilan “juda yaxshi” munosabatlar o‘rnatdik — Afg‘oniston TIV

© SputnikMoskovskiy format konsultatsiy po Afganistanu
Moskovskiy format konsultatsiy po Afganistanu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2023
Obuna bo‘lish
Muttaqining fikricha, amalda boshqa davlatlar bilan o‘zaro hamkorlik toliblar tomonidan tuzilgan muvaqqat Afg‘oniston hukumatining tan olinishini anglatadi.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Afg‘oniston muvaqqat hukumati oltita qo‘shni davlat bilan “juda yaxshi” munosabatlar o‘rnatgan, dedi "Tolibon"* hukumati tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqi. RIA Novosti xabariga asosan.
“Bilasizmi, biz oltita qo‘shni davlat bilan juda yaxshi aloqalar o‘rnatdik, chegaralarimiz ochiq qoldi. Sobiq hukumat G‘arb ta’sirida bo‘lgani uchun qo‘shni davlatlar bilan munosabatlari yaxshi emas edi. Shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar va Malayziyadan tashqari Eron, O‘zbekiston, Turkmaniston, Xitoy va Pokiston kabi qo‘shni davlatlarga diplomatlarimizni jo‘natdik”, - dedi u.
Muttaqining fikricha, amalda boshqa davlatlar bilan o‘zaro hamkorlik toliblar* tomonidan tuzilgan muvaqqat Afg‘oniston hukumatining tan olinishini anglatadi.

“E’tirofning ikki turi mavjud. Ulardan biri haqiqiy e’tirof, ikkinchisi jamoatchilik e’tirofi. Amalda biz bu davlatlar bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yganmiz, bu o‘z-o‘zidan tan olishdir. Bu yerda ularning elchixonalari ishlaydi, bizning elchixonalarimiz u yerda, diplomatlarimiz u yerda, ularning diplomatlari esa bu yerda. O‘zaro savdomiz bor, munosabatlarimiz bor va bu tan olish deyiladi”, - dedi u.

Shu bilan birga, Muttaqi hech bir davlat toliblar* hukumatini tan olganini rasman e’lon qilmaganini qo‘shimcha qilib, bunda har bir davlatning “o‘ziga xos sabablari” borligini, “dunyoning ko‘plab mamlakatlari boshqalarining ta’sirida” ekanini ta’kidladi.
2021 yil bahorida AQSh o‘z qurolli kuchlarini u yerdan olib chiqish qarorini e’lon qilganidan so‘ng toliblar* Afg‘oniston ustidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiyani boshladi. 15-avgust kuni radikallar Kobulga jangsiz kirishdi va 7-sentabr kuni qonuniyligi hali hech bir davlat tomonidan tan olinmagan o‘zlarining muvaqqat hukumati tarkibini e’lon qilishdi.
* Terrorchilik faoliyati uchun BMTning sanksiyalari ostida
Yangiliklar lentasi
0