https://oz.sputniknews.uz/20230404/33517724.html
Mirziyoyev: BAA bilan innovatsion hamkorlikni rivojlantirish muhim
Mirziyoyev: BAA bilan innovatsion hamkorlikni rivojlantirish muhim
Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev BAA Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy bilan aniq loyiha va dasturlarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildi. 04.04.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-04-04T19:54+0500
2023-04-04T19:54+0500
2023-04-04T20:21+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
baa
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/04/33515799_0:0:1281:721_1920x0_80_0_0_eaab20eefaa2fc2a5ecbd2ca35fc3147.jpg
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.Ta’kidlanishicha, uchrashuvda yuqori texnologiyalar, sun’iy intellekt, raqamlashtirish, shahar infratuzilmasini modernizatsiya qilish borasidagi aniq loyiha va dasturlarni amalga oshirish istiqbollari, hududlarning savdo-investitsiyaviy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.O‘zbekiston rahbari ushbu yo‘nalishlar bo‘lajak oliy darajadagi ikki tomonlama sammit kun tartibining asosini tashkil etishi lozimligini qayd etdi.Bundan tashqari, amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, boshqaruvda professional kadrlarni va dasturchilarni tayyorlash, elektron hukumatni joriy qilish yo‘nalishlarida va boshqa sohalarda o‘zaro foydali hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdorlik bildirildi.Uchrashuv so‘ngida Mirziyoyev joriy dasturlarni jadallashtirish va istiqbolli loyihalarni tayyorlashni nazarda tutuvchi “yo‘l xaritasi”ni yangilash yuzasidan topshiriqlar berdi.Yakunda vazir al-Gargaviyga O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni kengaytirishga qo‘shgan katta hissasi va Yangi O‘zbekistondagi islohotlar dasturini har tomonlama qo‘llab-quvvatlagani uchun davlatning yuksak mukofoti – “Do‘stlik” ordeni topshirildi.
baa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/04/33515799_39:0:1175:852_1920x0_80_0_0_11836b4f35cc56f6d3c30d353efa7243.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, baa
siyosat, shavkat mirziyoyev, baa
Mirziyoyev: BAA bilan innovatsion hamkorlikni rivojlantirish muhim
19:54 04.04.2023 (yangilandi: 20:21 04.04.2023) Mirziyoyev BAA Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy bilan aniq loyiha va dasturlarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildi.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar berdi. Ta’kidlanishicha, uchrashuvda yuqori texnologiyalar, sun’iy intellekt, raqamlashtirish, shahar infratuzilmasini modernizatsiya qilish borasidagi aniq loyiha va dasturlarni amalga oshirish istiqbollari, hududlarning savdo-investitsiyaviy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston rahbari ushbu yo‘nalishlar bo‘lajak oliy darajadagi ikki tomonlama sammit kun tartibining asosini tashkil etishi lozimligini qayd etdi.
Bundan tashqari, amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, boshqaruvda professional kadrlarni va dasturchilarni tayyorlash, elektron hukumatni joriy qilish yo‘nalishlarida va boshqa sohalarda o‘zaro foydali hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdorlik bildirildi.
Uchrashuv so‘ngida Mirziyoyev joriy dasturlarni jadallashtirish va istiqbolli loyihalarni tayyorlashni nazarda tutuvchi “yo‘l xaritasi”ni yangilash yuzasidan topshiriqlar berdi.
Yakunda vazir al-Gargaviyga O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni kengaytirishga qo‘shgan katta hissasi va Yangi O‘zbekistondagi islohotlar dasturini har tomonlama qo‘llab-quvvatlagani uchun davlatning yuksak mukofoti – “Do‘stlik” ordeni topshirildi.