Taxmina Ikromova Jahon kubogida yana ikkita medalga sazovor bo‘ldi

© Milliy olimpiya qo‘mitasiTaxmina Ikromova Jahon kubogida yana ikkita medalga sazovor bo‘ldi
Taxmina Ikromova Jahon kubogida yana ikkita medalga sazovor bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2023
Obuna bo‘lish
Sportchi oltin medalga tasmadagi mashqda sazovor bo‘ldi. Uning to‘pdagi dasturi esa bronza medalini keltirdi.
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Bolgariyaning Sofiya shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi yakuniga yetdi. Musobaqaning so‘nggi kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Taxmina Ikromova 1 tadan oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Sportchi oltin medalga tasmadagi mashqda sazovor bo‘ldi. Uning to‘pdagi dasturi esa bronza medalini keltirdi.
Tasma:
Taxmina Ikromova (O‘zbekiston) – 30 900;
Eljana Taniyeva (Qozog‘iston) – 30 900;
Barbara Domingos (Braziliya) – 30 650.
To‘p:
Stiliyana Nikolova (Bolgariya) – 35 000;
Sofiya Rafaeli (Italiya) – 33 150;
Taxmina Ikromova (O‘zbekiston) – 31 750.
Eslatib o‘tamiz, Taxmina Ikromova ushbu bosqich doirasida ko‘pkurash yo‘nalishida ham bronza medali bilan taqdirlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0