Tatarskiyning o‘ldirilishida Ukraina maxsus xizmatlari izi bor — Aksilterror qo‘mita

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishSveti na meste vzriva na Universitetskoy naberejnoy v Peterburge
Sveti na meste vzriva na Universitetskoy naberejnoy v Peterburge - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Milliy Aksilterror qo‘mitasi Sankt-Peterburgda sodir bo‘lgan qotillikda Ukraina maxsus xizmatlari qo‘li borligini aniqladi. Tergov qo‘mitasi esa jinoyat ishini "Terrorchilik" moddasiga o‘zgartirdi.
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Harbiy muxbir Vladlen Tatarskiyning o‘ldirilishi Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan Aleksey Navalniy tarafdorlari ishtirokida rejalashtirgan, deb xabar qildi Rossiya Milliy aksilterror qo‘mitasi.

“Sankt-Peterburgda 2-aprel kuni taniqli jurnalist Vladlen Tatarskiyga qarshi sodir etilgan terrorchilik harakati Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan FBK* (Korrupsiyaga qarshi kurash) fondi agentlarini jalb qilgan holda rejalashtirilgan. Ushbu fond Navalniy tomonidan tashkil qilingan. Hibsga olingan Darya Trepova uning faol tarafdori bo‘lgan”, —deyiladi xabarda.

Kecha kechqurun Sankt-Peterburgdagi “Strit-bar”da donbasslik taniqli harbiy jurnalist va yozuvchi Vladlen Tatarskiy (haqiqiy ismi Maksim Fomin) bilan uchrashuv vaqtida terakt uyushtiriildi. Portlash oqibatida jurnalist vafot etdi, 32 kishi jarohatlandi.
Qotillikda gumon qilingan 26 yoshli Darya Trepova qo‘lga olindi. Trepova tadbirga portlovchi moddalar solingan haykalchani olib kelganini tasdiqladi, biroq uni kim berganini aytmadi.
Ushbu holat yuzasidan dastlab “Jamoatchilikka xavfli usulda odam o‘ldirish” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, keyinroq Tergov qo‘mitasi uni "Terrorchilik" moddasiga o‘zgartirdi.
* Rossiyada taqiqlangan, xorijiy agent sifatida tan olingan ekstremistik tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0