"Solnsepok"ning issiq nafasi dushmanni okop ichida ham yo‘q qilmoqda - video

Obuna bo‘lish
"Solnsepok" og‘ir o‘t ochish tizimining termobarik snaradlari istehkom va okoplari ichiga yashiringan dushman kuchlarini yo‘q qilmoqda.
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Rossiya Havo-desant kuchlarining "Solnsepok" og‘ir o‘t ochish tizimlari maxsus operatsiya hududida jangovar vazifalarni bajarishda davom etmoqda.
Havo-desant kuchlarining radiatsiyaviy, kimoviy va biologik himoyasi bo‘yicha mutaxassislari "Solnsepok" tizimining 220 mm termobarik boshqarilmaydigan snaradlari bilan Ukraina qurolli kuchlarinng istehkom va okoplari ichiga yashiringan kuchlarini yo‘q qilmoqda.
"Solnsepok" og‘ir o‘t ochish tizimi dushmanning ustuvor nishonlaridan biri hisoblanadi. Xavfsizlikni ta’minlash va diversiyalarning oldini olish maqsadida maqsadida uning ekipajlari jangovar harakatlari xavfsizlik guruhlari tomonidan himoya qilinadi.

"Solnsepok" TOS - og‘ir o‘tochar reaktiv tizimi - yo‘q qilish darajasi bo‘yicha taktik yadro qurollaridan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Uning termobarik snaradlari istehkomlarda yashiringan dushmanni bir zarbada juda katta bosim va harorat bilan jismoniy yo‘q qilishi va ruhan sindirishi mumkin. Dunyoda uning muqobil va undan himoya qiluvchi vosita yo‘q.

Aleksandr Xrolenko - harbiy ekspert - Sputnik O‘zbekiston
Aleksandr Xrolenko
Harbiy sharhlovchi
Yangiliklar lentasi
0