Rossiyada XJS faoliyati taqiqlanishi mumkin

© AP Photo / Mike CorderZdanie Mejdunarodnogo ugolovnogo suda v Gaage, Niderlandi. Arxivnoe foto
Zdanie Mejdunarodnogo ugolovnogo suda v Gaage, Niderlandi. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2023
Obuna bo‘lish
Qolavesa, bunday organlar qarorlarini ijro etishga dav’at etish va ular bilan hamkorlik qilishni taqiqlash taklif qilinmoqda.
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Rossiya Davlat dumasining tegishli qo‘mitalari Rossiyada Xalqaro jinoiy sud (XJS) faoliyatini taqiqlashni nazarda tuzatishlarni tayyorlashapti. Bu haqda Davlat dumasi spikeri Vacheslav Volodin ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Volodin qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlarni kiritishga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazgan.

“Yig‘ilish yakuni bo‘yicha Vacheslav Volodin Davlat dumasining tegishli qo‘mitalari “Xavfsizlik to‘g‘risidagi” federal qonunga RF va uning fuqarolariga qarshi qaratilgan Xalqaro jinoiy sud va xalqaro organlar faoliyatini mamlakatimiz hududida taqiqlovchi tuzatishlar tayyorlayotganini ma’lum qildi”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, bunday organlar qarorlarini ijro etishga chaqirish va ular bilan hamkorlik qilish taqiqlash taklif etilmoqda. Bu uchun javobgarlik joriy etilishi mumkin.
“Bundan tashqari, xalqaro organlar tomonidan Rossiya qonunchiligiga zid qarorlar qabul qilingan taqdirda Rossiya prezidentiga Rossiya fuqarolarini himoya qilishga oid vakolatlar berish taklif qilinmoqda”, - deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0