O‘zbekistonda “Tutukon Neo” preparati sotuvdan qaytarib olinmoqda

© unsplash.com/Towfiqu barbhuiyaMeditsinskiy sirop.
Meditsinskiy sirop. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2023
Obuna bo‘lish
Sirop zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) talablari buzilgan holda ishlab chiqarilgani aniqlangan.
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. O‘zbekistonda Ispaniyaning “Labaratorio Miquel Y Garriga Inc, S.L.” korxonasi ishlab chiqargan “Tutukon Neo” dori vositasi muomaladan qaytarib olinmoqda. Bu haqda respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi ma’lum qildi.
Markaz xabariga ko‘ra, dori preparati zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) talablari buzilgan holda ishlab chiqarilgan. Buni Ispaniyaning Dori vositalari va tibbiy buyumlar agentligi (AEMPS) aniqlagan.
“Yuqoridagi ma’lumotga asosan, O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan “Tutukon Neo” ichish uchun eritma 250 ml ning quyidagi: R-049, R-050, R-051, R-078, R-080, R-222, R-236, R-081, R-124, R-204, R-205, R-206, R-218, R-219, R-220, R-221, R-223, R-224, R-225 seriyalari farmatsevtika bozoridan muomaladan qaytarib olinayotgani ma’lum qilinadi”, - deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0