O‘zbekiston valyuta birjasida rubl savdosi dinamikasi yanada o‘sishi kutilmoqda

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri nominalom 2000 rubley
Denejnie kupuri nominalom 2000 rubley - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2023
Obuna bo‘lish
O‘zRVBda 2022-yil 24-martdan Rossiya rubli/so‘m valyuta juftligi bo‘yicha birja savdolari boshlandi.
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Bozor zarur likvidlik bilan ta’minlangan taqdirda, 2023-yilda O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida (O‘zRVB) Rossiya rubli bo‘yicha savdolar yanada faollashishi mumkin. Bu haqda birja bosh direktori Rashid Usmonov jurnalistlarga ma’lum qildi.
O‘zRVBda 2022-yil 24-martdan Rossiya rubli/so‘m valyuta juftligi bo‘yicha birja savdolari boshlandi.
“So‘nggi paytlarda bu savdolar yanada faollashdi. Likvidlik paydo bo‘lib, bu bozorga turtki berdi”, - dedi Usmonov birjadagi Rossiya valyutasi savdosi holati haqidagi savolga javob berar ekan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston birjasida turli valyuta juftliklari bilan savdo qilish uchun barcha zarur infratuzilma yaratilgan.
“Eng muhim mavzu shuki, hozirgi bosqichda likvidlik birjada narx bo‘yicha raqobatbardosh bo‘lishi, likvidlik provayderi bo‘lgan banklar o‘rtasida vakillik aloqalari tarmog‘i kengayishi zarur”, - dedi Usmonov.
O‘zRVB rahbarining aytishicha, o‘zbek so‘mi bilan savdo qilishni boshlagan Moskva birjasi rahbariyati bilan aprel-may oylarida uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
“O‘ylashimcha, ularga ham yaxshi likvidlik kerak”, - deya qo‘shimcha qildi Usmonov.
Birja ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda O‘zRVBda Rossiya valyutasidagi savdolar hajmi 480 million rublni tashkil qilgan.
Yangiliklar lentasi
0