OPEK+ davlatlari neft qazib olishni ixtiyoriy kamaytirishga kelishib oldi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishZasedanie OPEK v Vene
Zasedanie OPEK v Vene - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya va OPEKning ayrim davlatlari ixtiyoriy ravishda neft qazib olishni qisqartirishga kelishib oldi. Maqsad - barqaror bozor yaratish.
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEK+) vazirlari monitoring qo‘mitasi (JMMC) neft qazib olishni qo‘shimcha qisqartirishni ma’qulladi. Bu haqda Rossiya bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novak “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
Uning ta’kidlashicha, bu OPEK+ kelishuvidan tashqari qo‘shimcha ixtiyoriy qisqartirishdir. Bu joriy yil oxirigacha ishlab chiqarishni kuniga ikki million barrelga qisqartirish bo‘yicha oktabr oyida qabul qilingan qarorni to‘ldiradi.

"JMMC tomonidan ushbu qaror inobatga olindi va bugun vaziyatda neft bozorini barqarorlashtirishning muhim chorasi sifatida ma’qullandi", - dedi Novak.

Bosh vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, kelajakda qo‘shimcha qisqartirishga alyansning boshqa a’zolari ham qo‘shilishi mumkin.
Novakning ta’kidlashicha, dunyoda neft bozorida noaniqlikni keltirib chiqaradigan ko‘plab omillar mavjud. Xususan, talab va taklifning doimiy o‘zgaruvchanligi narxlarga ta’sir qiladi va investitsiyalarning sezilarli darajada pasayishiga olib keladi.
“Bugun ko‘plab mamlakatlar olib borayotgan energetika siyosati, jumladan bozor mexanizmlariga aralashish — OPEK+ a’zolari bo‘lgan neft eksport qiluvchi mamlakatlarning ixtiyoriy ravishda qo‘shimcha qisqartirish to‘g‘risida qaror qabul qilishining sabablaridan biridir. Va bundan asosiy vazifa, albatta — bu barqaror bozor yaratishdir", - dedi Novak.
Bir kun avval bir necha OPEK+ davlatlari neft qazib olishni qo‘shimcha qisqartirishga (belgilangan kvotalardan tashqari) e’lon qilishdi. Ushbu tashabbusda Saudiya Arabistoni, Iroq, BAA, Quvayt, Qozog‘iston, Jazoir, Ummon va Gabon ishtirok etdi. Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu chora bozor barqarorligini saqlash uchun ishlab chiqilgan va yil oxirigacha amal qiladi.
O‘z navbatida, Rossiya ixtiyoriy ravishda ishlab chiqarishni 500 ming barrelga qisqartirish muddatini uzaytirdi. Umumiy hisobda, ishlab chiqarish kuniga 1,66 million barrelga qisqaradi.
Yangiliklar lentasi
0