Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 3-aprelning asosiy xabarlari

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishPozitsii mobilizovannix iz Kalujskoy oblasti v Yujnom sektore SVO
Pozitsii mobilizovannix iz Kalujskoy oblasti v Yujnom sektore SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya maqsadlariga muvofiq Ukraina armiyasi, millatchi batalonlari, xorijiy yollanma askarlar guruhlari hamda harbiy texnikasini yo‘q qilishda davom etmoqda.
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" kuchlar guruhi Xarkov viloyatining Sinkovka va LXRning Artemovka aholi punktlari hududlarida dushmanning 75 nafar harbiy xizmatchisi, ikkita zirhli jangovar texnikasi, ikkita avtomashinasi va D-30 gaubitsasini yo‘q qildi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" kuchlar guruhi bo‘linmalari Chervonaya Dibrava qishlog‘i hududida UQKning 50 tagacha harbiy xizmatchisi, ikkita zirhli jangovar mashinasi, bitta pikapi va D-30 gaubitsasini yo‘q qildi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" qo‘shinlar guruhi 285 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchilar va yollanma askarlar, bitta tank, uchta BMP, ikkita BTR, bitta zirhli jangovar texnika. sakkizta avtomobil, ikkita pikap, "Grad" reaktiv tizimi jangovar mashinasi, to‘rtta D-30 gaubitsasi va ikkita o‘q-dori omborini yo‘q qildi.
Janubiy Donesk va Zaporojye yo‘nalishlarida "Sharq" kuchlari guruhi DXRning Novomixaylovka va Ugledar aholi punktlari hududlarida UQKning 45 nafar harbiy xizmatchisi, ikkita pikapi, D-30 gaubitsasi, shuningdek, bitta Polshada ishlab chiqarilgan "Krab" o‘ziyurar artilleriya moslamasini yo‘q qildi.
Xerson yo‘nalishida dushman yo‘qotishlari 10 tagacha ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita avtomashina va bitta o‘ziyurar "Akatsiya" gaubitsasini tashkil qildi.
Aviatsiya, raketa kuchlari va artilleriya kun davomida 98 ta hududda dushmanning 79 ta artilleriya bo‘linmalari ishchi kuch va texnikasiga zarba berdi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari kun davomida o‘nta HIMARS va "Smerch" ko‘p raketali tizimlar snaradlarini tutib oldi.
Donetsk Xalq Respublikasining Naugolnoe, Aleksandrovka va LXRning Staraya Krasnyanka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 7ta uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirdi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon Ukraina jami 405ta samolyot, 228ta vertolot, 3648ta uchuvchisiz uchish apparati, 415ta zenit-raketa majmuasi, 8521 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 1078 ta ko‘p raketali tizimlar jangovar texnikasi, 4494 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 9287 dona maxsus harbiy mashinalarni tashkil qildi.
Yangiliklar lentasi
0