https://oz.sputniknews.uz/20230403/lavrov-blinken-bilan-wsj-jurnalistining-hibsga-olinishini-muhokama-qildi-33469887.html
Lavrov Blinken bilan WSJ jurnalistining hibsga olinishini muhokama qildi
Lavrov Blinken bilan WSJ jurnalistining hibsga olinishini muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
Ta’kidlanishicha, AQSh elchixonasi muxbirning hibsga olingani haqida xabardor qilingan, uning keyingi taqdiri sud tomonidan belgilanadi.
2023-04-03T13:28+0500
2023-04-03T13:28+0500
2023-04-05T18:44+0500
rossiya
aqsh
sergey lavrov
entoni blinken
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/1e/22456567_0:0:3298:1855_1920x0_80_0_0_a5a350a993d41436c887a7a743f9a74b.jpg
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan Amerikaning "The Wall Street Journal" (WSJ) gazetasi jurnalisti Evan Gershkovichning hibsga olinishini muhokama qildi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.Davlat departamentida qayd etilishicha, Blinken suhbat davomida Gershkovichni, shuningdek, josuslikda ayblanayotgan yana bir amerikalik Pol Uilanni zudlik bilan ozod qilishni talab qildi. O‘z navbatida, Lavrov Vashingtondagi rasmiylarni va G‘arb OAVlarini bu ishga siyosiy tus berish maqsadida vaziyatni keskinlashtirmaslikka chaqirdi. Vazir Gershkovich jinoiy ish bilan qo‘lga olinganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jurnalist o‘z maqomini niqob qilib, davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni to‘plagan.Tashqi ishlar vazirligining qo‘shimcha qilishicha, AQSh elchixonasi muxbirning hibsga olingani haqida xabardor qilingan, uning keyingi taqdiri sud tomonidan belgilanadi.Suhbat chog‘ida Lavrov va Blinken ikki tomonlama xarakterdagi ayrim masalalarga ham to‘xtalib o‘tgan. Davlat departamentida ta’kidlanishicha, ular diplomatik missiyalar o‘z faoliyatini davom ettirish imkonini beruvchi muhitni yaratish muhimligini muhokama qilgan.30 mart kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Yekaterinburgda “The Wall Street Journal” muxbiri Evan Gershkovichni josuslikda gumon qilib qo‘lga oldi. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov Gershkovich jinoiy ish bilan qo‘lga olinganini aytdi. Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning aytishicha, Yekaterinburgdagi muxbir faoliyatining jurnalistikaga hech qanday aloqasi yo‘q.O‘z navbatida, WSJ Gershkovichga qo‘yilgan ayblovlarni rad etdi va uni zudlik bilan ozod qilishni talab qildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/1e/22456567_283:0:3014:2048_1920x0_80_0_0_12901474480b025b50bb858ea295dd84.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aqsh rossiya sergey lavrov entoni blinken
aqsh rossiya sergey lavrov entoni blinken
Lavrov Blinken bilan WSJ jurnalistining hibsga olinishini muhokama qildi
13:28 03.04.2023 (yangilandi: 18:44 05.04.2023) Ta’kidlanishicha, AQSh elchixonasi muxbirning hibsga olingani haqida xabardor qilingan, uning keyingi taqdiri sud tomonidan belgilanadi.
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan Amerikaning "The Wall Street Journal" (WSJ) gazetasi jurnalisti Evan Gershkovichning hibsga olinishini muhokama qildi. Bu haqda RIA Novosti
yozmoqda.
“Davlat kotibi tomonidan ayg‘oqchilikda gumon qilingan AQSh fuqarosi Evan Gershkovichning Rossiyada hibsga olinishi yuzasidan ko‘tarilgan muhokama kontekstida Entoni Blinkenning e’tibori qonun va Rossiyaning xalqaro majburiyatlariga muvofiq qabul qilingan Rossiya rasmiylarining qarorlarini hurmat qilish zaruratiga qaratildi”, - deyiladi Rossiya TIV xabarida.
Davlat departamentida qayd etilishicha, Blinken suhbat davomida Gershkovichni, shuningdek, josuslikda ayblanayotgan yana bir amerikalik Pol Uilanni zudlik bilan ozod qilishni talab qildi. O‘z navbatida, Lavrov Vashingtondagi rasmiylarni va G‘arb OAVlarini bu ishga siyosiy tus berish maqsadida vaziyatni keskinlashtirmaslikka chaqirdi. Vazir Gershkovich jinoiy ish bilan qo‘lga olinganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jurnalist o‘z maqomini niqob qilib, davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni to‘plagan.
Tashqi ishlar vazirligining qo‘shimcha qilishicha, AQSh elchixonasi muxbirning hibsga olingani haqida xabardor qilingan, uning keyingi taqdiri sud tomonidan belgilanadi.
Suhbat chog‘ida Lavrov va Blinken ikki tomonlama xarakterdagi ayrim masalalarga ham to‘xtalib o‘tgan. Davlat departamentida ta’kidlanishicha, ular diplomatik missiyalar o‘z faoliyatini davom ettirish imkonini beruvchi muhitni yaratish muhimligini muhokama qilgan.
30 mart kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Yekaterinburgda “The Wall Street Journal” muxbiri Evan Gershkovichni josuslikda gumon qilib
qo‘lga oldi. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov Gershkovich jinoiy ish bilan qo‘lga olinganini aytdi. Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning aytishicha, Yekaterinburgdagi muxbir faoliyatining jurnalistikaga hech qanday aloqasi yo‘q.
O‘z navbatida, WSJ Gershkovichga qo‘yilgan ayblovlarni rad etdi va uni zudlik bilan ozod qilishni talab qildi.