"Jara" festivali boshqa sanaga qoldirildi
19:10 03.04.2023 (yangilandi: 19:24 03.04.2023)
© Organizatori festivalya "JARA"Afisha k festivalyu "JARA"
© Organizatori festivalya "JARA"
Obuna bo‘lish
Tadbir tashkilotchilaridan biri Emin Agalarov "Jara" musiqa festivali qoldirilganini ma’lum qildi. Aniq sana hozircha ma’lum emas.
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. 20-21 may kunlari Toshkentning "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida o‘tkazilishi rejalashtirilgan "Jara" musiqa festivali qoldirildi. Bu haqda tadbir tashkilotchilaridan biri Emin Agalarov ma’lum qildi.
"Toshkentda 20-21 may kuni rejalashtirilgan "Jara" festivali ko‘chiriladi. Afsuski, dunyodagi hozirgi vaziyat keng ko‘lamdagi musiqiy tadbirlarni o‘tkazishga imkon bermaydi", - deya yozdi Agalarov o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Sotib olingan chiptalarni kassalarga qaytarish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq festival Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘chirilgan edi. Unda HammAli & Navai, Jony, Yegor Krid, Emin, Ani Lorak, Mari Kraymbreri, Diskoteka Avariya, Ivanushki International, Olga Buzova, Artik & Asti, Vanya Dmitriyenko, Mia Boyka, Lyusya Chebotina, Xabib, Zvonkiy, Karna.v, Dabro, Natan, Misha Marvin, Mary Gu kabi mashhurlar chiqishi kutilayotgan edi.
Sputnik O‘zbekiston - “Jara” musiqa festivalining axborot hamkori.