https://oz.sputniknews.uz/20230403/ijtimoiy-obektlar-istish-tizimlari-10-yilga-tadbirkorlarga-beriladi-33485712.html
Ijtimoiy obyektlarning isitish tizimi 10-yilga tadbirkorlarga beriladi
Ijtimoiy obyektlarning isitish tizimi 10-yilga tadbirkorlarga beriladi
Sputnik O‘zbekiston
Bo‘ston tumani tajribasiga asoslangan holda, ijtimoiy obyektlar isitish tizimlari davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilinadi.
2023-04-03T22:38+0500
2023-04-03T22:38+0500
2023-04-04T16:04+0500
jamiyat
shavkat mirziyoyev
isitish tizimi
quyosh suv isitish qurilmalari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/03/33485797_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_09c43d103a5055d29d26361cf9b531cf.jpg
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. O‘zbekistonda ijtimoiy obyektlar isitish tizimlari tadbirkorlarga 10-yilga boshqaruvga beriladi va ularning xizmatlari davlat tomonidan sotib olinadi. Bu haqida Shavkat Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev ushbu takliflarni ma’qullab, tashkiliy va moliyaviy masalalar bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan.Xabarda aytilishiga ko‘ra, bunga Bo‘ston tumani tajribasi asos bo‘lgan. O‘tgan qish mavsumida tumani isitish tizimi xususiy sheriklik asosida yangilanib tadbirkorlarga boshqarishga berilgan. Shuningdek isitish qozonlari zamonaviylariga almashtirilgan hamda tarmoqlar modernizatsiya qilingan. Natijada energiya sarfi kamayib, binolar ichidagi harorat ko‘tarilgan. Ayniqsa, o‘tgan qishdagi anomal sovuq davrida ham obyektlarda mo‘’tadil harorat saqlab turilgan, - deyiladi xabarda.Mutasaddilarga shuningdek tuman va shaharlardagi ijtimoiy obyektlar isitish tizimlarini xatlovdan o‘tkazib, bosqichma-bosqich yangilash, ularni boshqarishga salohiyatli tadbirkorlarni jalb etish topshirildi. Binolarda energiya yo‘qotilishini kamaytirish, issiqlikni saqlash choralarini ko‘rish zarurligi ta’kidlandi. Investorlar ishtirokida energiya tejamkor isitish qozonlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/03/33485797_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_4f5e77813e0fcea7ff26c88ceb779042.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ijtimoiy obyektlar isitish tizimlari davlat xususiy sheriklik asosida modernizatsiya
ijtimoiy obyektlar isitish tizimlari davlat xususiy sheriklik asosida modernizatsiya
Ijtimoiy obyektlarning isitish tizimi 10-yilga tadbirkorlarga beriladi
22:38 03.04.2023 (yangilandi: 16:04 04.04.2023) Bo‘ston tumani tajribasiga asoslangan holda, ijtimoiy obyektlar isitish tizimlari davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilinadi.
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. O‘zbekistonda ijtimoiy obyektlar isitish tizimlari tadbirkorlarga 10-yilga boshqaruvga beriladi va ularning xizmatlari davlat tomonidan sotib olinadi. Bu haqida Shavkat Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum bo‘ldi.
"Isitish tizimi tadbirkorlarga 10-yilga boshqaruvga beriladi va ularning xizmatlari davlat tomonidan sotib olinadi. Tarmoqlar modernizatsiyasi uchun zarur mablag‘ning yarmi budjetdan, yarmi xususiy sherik hisobidan ajratiladi. Isitish qozonlarini ishlab chiqarishga kerakli butlovchi qismlar ikki yil muddatga bojxona bojidan ozod qilinadi", - deyiladi xabarda.
Shavkat Mirziyoyev ushbu takliflarni ma’qullab, tashkiliy va moliyaviy masalalar bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, bunga Bo‘ston tumani tajribasi asos bo‘lgan. O‘tgan qish mavsumida tumani isitish tizimi xususiy sheriklik asosida yangilanib tadbirkorlarga boshqarishga berilgan. Shuningdek isitish qozonlari zamonaviylariga almashtirilgan hamda tarmoqlar modernizatsiya qilingan. Natijada energiya sarfi kamayib, binolar ichidagi harorat ko‘tarilgan. Ayniqsa, o‘tgan qishdagi anomal sovuq davrida ham obyektlarda mo‘’tadil harorat saqlab turilgan, - deyiladi xabarda.
Mutasaddilarga shuningdek tuman va shaharlardagi ijtimoiy obyektlar isitish tizimlarini xatlovdan o‘tkazib, bosqichma-bosqich yangilash, ularni boshqarishga salohiyatli tadbirkorlarni jalb etish topshirildi. Binolarda energiya yo‘qotilishini kamaytirish, issiqlikni saqlash choralarini ko‘rish zarurligi ta’kidlandi. Investorlar ishtirokida energiya tejamkor isitish qozonlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berildi.