Gidroenergetika sohasi isloh qilinadi – tafsilotlar

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGES v Tashkentskoy oblasti. Illyustrativnoe foto
GES v Tashkentskoy oblasti. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2023
Obuna bo‘lish
2030 yilga qadar gidroenergetikaning umumiy quvvatini 4 999 MVtga yetkazish mo‘ljallanmoqda.
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “Gidroenergetika sohasini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi, deya xabar berdi Norma.uz
Hujjatda quyidagilar nazarda tutilgan:
2030 yilga qadar gidroenergetikaning umumiy quvvatini 4 999 MVtga yetkazish, shu jumladan, qo‘shimcha 2 311 MVt hamda xususiy investorlar ishtirokida 615 MVt quvvatni yaratish;
2023 yildan boshlab quyidagi qo‘shimcha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish:
- Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida umumiy quvvati 876 MVt bo‘lgan Yuqori Pskom, Qorong‘ito‘g‘ay, Toldiqsoy gidroelektrstansiyalarini, Oygain gidroelektrstansiyalari kaskadini hamda Yuqori Pskom gidroto‘plash elektr stansiyasini qurish;
- Namangan viloyati Norin darosida umumiy quvvati 225 MVt bo‘lgan Norin gidroelektrstansiyalari kaskadini qurish;
- Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida umumiy quvvati 264 MVt bo‘lgan Yuqori To‘palang gidroelektrstansiyalari kaskadini qurish.
2023-2030 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- 2023-2030 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish va gidrosalohiyatdan foydalanish darajasini oshirishning yangilangan maqsadli ko‘rsatkichlari;
- respublikaning 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturiga kiritilgan va 2023-2027 yillarda amalga oshiriladigan umumiy quvvati 748,5 MVt bo‘lgan 9 ta investitsiya loyihalarining ro‘yxati;
- 2024-2030 yillarda mavjud gidrosalohiyatdan foydalanish darajasini oshirish, gidroelektrstansiyalarning yangi quvvatlarini yaratish va mavjudlarini modernizatsiya qilishga qaratilgan 47 ta investitsiya loyihalari ro‘yxati;
- kichik gidroelektrstansiyalarni qurish va ulardan foydalanishda zarur bo‘lgan hamda 2023-2025 yillarda kooperatsiya asosida mahalliylashtirish uchun taklif etilayotgan asbob-uskunalar, butlovchi va ehtiyot qismlar ro‘yxati.
O‘rnatilayotgan tartibga muvofiq "O‘zbekgidroenergo" AJda quyidagilarni nazarda tutuvchi korporativ boshqaruvning zamonaviy tamoyillari joriy etiladi:
ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini joriy etish va 2025-yilga qadar ESG reytingini olish;
Jamiyat tizimida korporativ va strategik maslahatchi xizmatini tashkil etish, shuningdek, kuzatuv kengashi tarkibidagi mustaqil a’zolar sonini 4 nafarga yetkazish;
2023 yil 1-sentabrdan boshlab ekologik standartlarga muvofiq axborotlarni oshkor etish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;
2023 yil 1-iyuldan boshlab sohadagi yetakchi chet el kompaniyalari bilan "benchmarking" usulida taqqoslash orqali Jamiyatning operatsion samaradorligini oshirib borish.
Bundan tashqari, 2024-yil yakuniga qadar "Gidroenergetika sohasini raqamli transformatsiya qilish" loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0