https://oz.sputniknews.uz/20230403/garb-bank-inqiroziga-yuz-tutmoqda-rossiya-xavfsiz-bandargohga-aylanmoqda-33479234.html
G‘arb bank inqiroziga yuz tutmoqda, Rossiya xavfsiz bandargohga aylanmoqda
G‘arb bank inqiroziga yuz tutmoqda, Rossiya xavfsiz bandargohga aylanmoqda
Sputnik O‘zbekiston
AQSh va dunyo banklari birin-ketin iqniroqga yuz tutayotgan vaqtda Rossiya bank tizimi ijobiy natija ko‘rsatmoqda. Bunga jumaladan, sanksiyalar tufayli, Rossiya bank... 03.04.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-04-03T22:15+0500
2023-04-03T22:15+0500
2023-04-05T18:44+0500
bankrot
bank
aqsh
kolumnistlar
aqsh dollari
dollardan voz kechish
sberbank
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/03/33475291_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_8a51f0e8c428f432b6530efae0e07982.jpg
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. AQSh hukumati mart oyida banklarning moliyaviy qulashini to‘xtatishga muvaffaq bo‘lgandek va shu tariqa inqirozni yengib o‘tgandek ko‘rsatishga harakat qilmoqda. Aslida unday emas. Yirik mintaqaviy banklar xavf ostida qolib, omonatchilar hali hamon ulardan pul olishda davom etmoqda. Bankrotlik bo‘yicha keyingi navbatda – yirikligi bo‘yicha 14-o‘rinda turadigan AQShning First Republic banki turibdi.Bankrotliklarning ketma-ketligiga kelsak, ko‘pchilik birinchi navbatda, kapitali trillion dollardan ortiq bo‘lgan Amerika bank "ajdarholari" uchun bu holat foydali deb gapirayotgan edi. Ular go‘yo buni raqobatchilarini bankrot qilib, pullarni o‘zlariga o‘tkazib olishlari uchun ataylab qilishmoqda, degan gaplar tarqalgan edi. Nima bo‘lganda ham, bu safar Federativ rezerv moliyaviy gigantlarni First Republic bankini qutqarishda ishtirok etishga majbur qildi.Eng boy banklar unga o‘ttiz milliard dollar xayriya qilishdi. Lekin bu ish bermasligi tezda ma’lum bo‘ldi. First Republic aksiyalari har gal yanada pastroqqa tushaverdi. Bir vaqtlar 147 dollardan sotilgan qog‘ozlar hozir 12-14 dollarga savdo qilinmoqda. Omonatchilar esa pul olishda davom etmoqda. The Wall Street Journal nashri First Republic halokatiga ishonadi va bu haqda ochiq yozmoqda, Amerika OAVlari noxush moliyaviy haqiqatni fuqarolardan yashirishga odatlangan bo‘lsa-da.Mutaxassislar G‘arb banklarining ommaviy qulashining ehtimolini tizimda to‘plangan katta miqdordagi qarzlar bilan izohlamoqda. Moliyaviy institutlar yillar davomida bir-birlariga qarz berib, qayta kreditlab kelinayotgan edi. Natijada ularning 90% ga yaqin pullari qarzga olingan bo‘lib chiqdi – bu "MMM"ning qulashi vaqt masalasi xolos. Hukumatlarning ahmoqligi va banklarning ochko‘zligi bu xavfli holatga olib kelganini mutaxassis bo‘lmagan odam ham tushunishi mumkin.Rasmiylar "bosmaxona"ni ishga tushirgani sababli, o‘tgan yili AQSh va Yevropada inflyatsiya sakkizdan yigirma foizgacha ko‘tarilgan. Depozitlar bo‘yicha stavkalar deyarli ko‘tarilmadi. Masalan, Angliyaga qarang. U yerda rasmiy inflyatsiyani o‘zigina o‘n bir foizdan oshadi – real hayotda vaziyat bundan ham yomonroq. Mamlakatdagi barcha yirik banklar esa yillik depozit bo‘yicha 1,3% dan kamroq taklif qilishadi.Tabiiyki, fuqarolar o‘z hisob raqamlaridan pul yechib, xohlagan yerga o‘tkazib berishadi. Jismoniy shaxslar o‘z jamg‘armalarini kamroq sarflaydilar – aks holda pul baribir inflyatsiya tomonidan yutib yuboriladi. Tadbirkorlar va boy odamlar oltin sotib olishga harakat qilib, aksiyalarga tayanishadi. Biroq, bu yerda rasmiylar qimmatbaho metalni to‘satdan musodara qiladi, degan qo‘rquv har doim bor: masalan, AQShda xususiy savdogarlarga 1933-yilda oltin egalik qilish taqiqlangan va bu taqiq 1974-yilgacha amal qilgan. Lekin har holda, tendensiya aniq – omonatchilar o‘z pullarini banklardan olib chiqishga harakat qilmoqdalar.Avvaliga trillion dollarlik banklar bu iqtisodiy kulfatdan himoyalangandek tuyuldi. Biroq unday emas. O‘tgan yil davomida AQShning eng yirik banklari hisobotlari ajablantiradi.Qizig‘i shundaki, bank aksiyalari hisobotlar e’lon qilingandan so‘ng darhol tushdi. Balki shuning uchun ham AQShning eng yirik moliyaviy ajdarhosi JP Morgan Chase moliyaviy hisobotlarini e’lon qilishga shoshilmayapti? Ammo dongdor bank katta janjalga aralashib qolgan. CNBC telekanalining ta’kidlashicha, bank egalari o‘zlarining doimiy bosh direktori, “buyuk qayta ishga tushirish” g‘oyasiga berilib ketgan xarizmatik milliarder, Demokratik partiyaning fanatik tarafdori Jeymi Daymonni ishdan bo‘shatishga qaror qilishgan. Aytgancha, aynan o‘sha 2023-yilda dunyo duch keladigan “iqtisodiy kulfat” haqida bashorat qilgan.To‘satdan Jeymi Daymon 2019-yilda Nyu-York qamoqxonasida sirli ravishda vafot etgan taniqli "qo‘shmachi" Jeffri Epshteyn bilan aloqadorligi ma’lum bo‘ldi. Yo‘q, bankirga hozircha aniq holatlar bo‘yicha ayblov qo‘yilgani yo‘q, ammo federallar uni voyaga yetmagan qizlarni VIP-shaxslarga sotish, undan qolgan pullarni JP Morgan Chase hisoblarida saqlash va foydali sarmoyalarga kiritish orqali pul topishga Epshteynga yordam berganlikda gumon qilmoqda. Jeymi Daymon bu borada sudda javob berishga va’da berdi.Biroq bu katta janjal JP Morgan Chase hisoboti mavzusidan chalg‘ish darajasigacha taassurot qoldirmaydi. Chunki bunday gigant aksiyalarining qulashi rasmiylar nimalarni yashirishga urinayotganini ayon qiladi: bank inqirozi allaqachon Amerika va Yevropani qamrab olgan.Ammo bu butun dunyo uchun qanchalik xavfli? Axir, amerikaliklar o‘z muammolarini butun dunyoga tarqatishga ustalar-ku. Xususan, Rossiyaning bank sektorida uning izolyatsiya holatida ekanligi qo‘l kelmoqda. Ajablanarlisi shundaki, Avstriyaning Raiffeisen banki 2022-yilda Yevropa banklari orasida daromad bo‘yicha yetakchi o‘rinda bo‘ldi va aynan Rossiya bozorida ham deyarli yolg‘iz o‘zi qolgan. Bu yerda faqat Sberbank, rentabellik bo‘yicha unadan yaxshi natijalarga erishdi.Tabiiyki, Yevropa rasmiylari hozir Rossiyani tark etishi va boshqalar qatori bankrot bo‘lishi uchun Raiffeisenga qattiq bosim o‘tkazmoqda. Xo‘sh, bu Rossiyani shiddatli iqtisodiy kulfatda klassik xavfsiz bandargoh ekanligini yana bir bor isbotlaydi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Viktoriya Nikiforova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0f/34952263_0:0:600:600_100x100_80_0_0_6837b04e094791b35d53049bcd2e2876.jpg
Viktoriya Nikiforova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0f/34952263_0:0:600:600_100x100_80_0_0_6837b04e094791b35d53049bcd2e2876.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/03/33475291_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_e8d935dad192916011f26a013a9ee5e7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Viktoriya Nikiforova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0f/34952263_0:0:600:600_100x100_80_0_0_6837b04e094791b35d53049bcd2e2876.jpg
bankrot, bank, aqsh, kolumnistlar, aqsh dollari, dollardan voz kechish, sberbank, rossiya
bankrot, bank, aqsh, kolumnistlar, aqsh dollari, dollardan voz kechish, sberbank, rossiya
G‘arb bank inqiroziga yuz tutmoqda, Rossiya xavfsiz bandargohga aylanmoqda
22:15 03.04.2023 (yangilandi: 18:44 05.04.2023) AQSh va dunyo banklari birin-ketin iqniroqga yuz tutayotgan vaqtda Rossiya bank tizimi ijobiy natija ko‘rsatmoqda. Bunga jumaladan, sanksiyalar tufayli, Rossiya bank tizimining izolyatsiya qilingani ham qo‘l kelmoqda.
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. AQSh hukumati mart oyida banklarning moliyaviy qulashini to‘xtatishga muvaffaq bo‘lgandek va shu tariqa inqirozni yengib o‘tgandek ko‘rsatishga harakat qilmoqda. Aslida unday emas. Yirik mintaqaviy banklar xavf ostida qolib, omonatchilar hali hamon ulardan pul olishda davom etmoqda. Bankrotlik bo‘yicha keyingi navbatda – yirikligi bo‘yicha 14-o‘rinda turadigan AQShning First Republic banki turibdi.
Bankrotliklarning ketma-ketligiga kelsak, ko‘pchilik birinchi navbatda, kapitali trillion dollardan ortiq bo‘lgan Amerika bank "ajdarholari" uchun bu holat foydali deb gapirayotgan edi. Ular go‘yo buni raqobatchilarini bankrot qilib, pullarni o‘zlariga o‘tkazib olishlari uchun ataylab qilishmoqda, degan gaplar tarqalgan edi. Nima bo‘lganda ham, bu safar Federativ rezerv moliyaviy gigantlarni First Republic bankini qutqarishda ishtirok etishga majbur qildi.
Eng boy banklar unga o‘ttiz milliard dollar xayriya qilishdi. Lekin bu ish bermasligi tezda ma’lum bo‘ldi. First Republic aksiyalari har gal yanada pastroqqa tushaverdi. Bir vaqtlar 147 dollardan sotilgan qog‘ozlar hozir 12-14 dollarga savdo qilinmoqda. Omonatchilar esa pul olishda davom etmoqda. The Wall Street Journal nashri First Republic halokatiga ishonadi va bu haqda ochiq yozmoqda, Amerika OAVlari noxush moliyaviy haqiqatni fuqarolardan yashirishga odatlangan bo‘lsa-da.
Bankrotlik tezda Yevropaga ham tarqaldi. Shveysariyaning mashhur Credit Suisse banki quladi. Keyin Deutche Bank kabi gigantlarning aksiyalari cho‘qqidan tushdi. Bugungi kunda Fransiyaning eng yirik banklari BNP Paribas va Societe General da soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash bo‘yicha ko‘plab qidiruvlar olib borilmoqda.
Mutaxassislar G‘arb banklarining ommaviy qulashining ehtimolini tizimda to‘plangan katta miqdordagi qarzlar bilan izohlamoqda. Moliyaviy institutlar yillar davomida bir-birlariga qarz berib, qayta kreditlab kelinayotgan edi. Natijada ularning 90% ga yaqin pullari qarzga olingan bo‘lib chiqdi – bu "MMM"ning qulashi vaqt masalasi xolos. Hukumatlarning ahmoqligi va banklarning ochko‘zligi bu xavfli holatga olib kelganini mutaxassis bo‘lmagan odam ham tushunishi mumkin.
Rasmiylar "bosmaxona"ni ishga tushirgani sababli, o‘tgan yili AQSh va Yevropada inflyatsiya sakkizdan yigirma foizgacha ko‘tarilgan. Depozitlar bo‘yicha stavkalar deyarli ko‘tarilmadi. Masalan, Angliyaga qarang. U yerda rasmiy inflyatsiyani o‘zigina o‘n bir foizdan oshadi – real hayotda vaziyat bundan ham yomonroq. Mamlakatdagi barcha yirik banklar esa yillik depozit bo‘yicha 1,3% dan kamroq taklif qilishadi.
Amerikada ham vaziyat xuddi shunday, garchi Federativ rezerv u yerda bir yildan beri stavkalarni oshirmoqda. Inflyatsiya deyarli o‘n foizni tashkil etadi. Yillik omonat bo‘yicha o‘rtacha "daromad" esa 1,28%, besh yillik omonat bo‘yicha – 1,21%ni tashkil qiladi. Omonatchi bankka o‘z pulini saqlab qo‘ygan uchun qo‘shimcha haq to‘laydi - va juda ko‘p to‘laydi.
Tabiiyki, fuqarolar o‘z hisob raqamlaridan pul yechib, xohlagan yerga o‘tkazib berishadi. Jismoniy shaxslar o‘z jamg‘armalarini kamroq sarflaydilar – aks holda pul baribir inflyatsiya tomonidan yutib yuboriladi. Tadbirkorlar va boy odamlar oltin sotib olishga harakat qilib, aksiyalarga tayanishadi. Biroq, bu yerda rasmiylar qimmatbaho metalni to‘satdan musodara qiladi, degan qo‘rquv har doim bor: masalan, AQShda xususiy savdogarlarga 1933-yilda oltin egalik qilish taqiqlangan va bu taqiq 1974-yilgacha amal qilgan. Lekin har holda, tendensiya aniq – omonatchilar o‘z pullarini banklardan olib chiqishga harakat qilmoqdalar.
Avvaliga trillion dollarlik banklar bu iqtisodiy kulfatdan himoyalangandek tuyuldi. Biroq unday emas. O‘tgan yil davomida AQShning eng yirik banklari hisobotlari ajablantiradi.
AQShda yirikligi bo‘yicha to‘rtinchi bank Wells Fargo Group daromadi 2022-yilda 2021-yilga nisbatan 13 baravarga kamaygan. Uning aksiyalari narxi bir yil oldingiga nisbatan 27 foizga pasaygan. Ikkinchi yirik bank Bank of America aksiyalari 35 foizga pasaygan. Shu holat hamma bankda kuzatilmoqda.
Qizig‘i shundaki, bank aksiyalari hisobotlar e’lon qilingandan so‘ng darhol tushdi. Balki shuning uchun ham AQShning eng yirik moliyaviy ajdarhosi JP Morgan Chase moliyaviy hisobotlarini e’lon qilishga shoshilmayapti? Ammo dongdor bank katta janjalga aralashib qolgan. CNBC telekanalining ta’kidlashicha, bank egalari o‘zlarining doimiy bosh direktori, “buyuk qayta ishga tushirish” g‘oyasiga berilib ketgan xarizmatik milliarder, Demokratik partiyaning fanatik tarafdori Jeymi Daymonni ishdan bo‘shatishga qaror qilishgan. Aytgancha, aynan o‘sha 2023-yilda dunyo duch keladigan “iqtisodiy kulfat” haqida bashorat qilgan.
To‘satdan Jeymi Daymon 2019-yilda Nyu-York qamoqxonasida sirli ravishda vafot etgan taniqli "qo‘shmachi" Jeffri Epshteyn bilan aloqadorligi ma’lum bo‘ldi. Yo‘q, bankirga hozircha aniq holatlar bo‘yicha ayblov qo‘yilgani yo‘q, ammo federallar uni voyaga yetmagan qizlarni VIP-shaxslarga sotish, undan qolgan pullarni JP Morgan Chase hisoblarida saqlash va foydali sarmoyalarga kiritish orqali pul topishga Epshteynga yordam berganlikda gumon qilmoqda. Jeymi Daymon bu borada sudda javob berishga va’da berdi.
Bu xushbichim, sochiga oq tushgan janob o‘nlab yillar davomida butun dunyo bo‘ylab aylanib, odamlarni kamroq iste’molga, kamroq yeb-ichishga, iqlimni saqlashga, ko‘paymaslikka va hamma zudlik bilan transgender odamlarga yon bosishiga da’vat qilgan edi. Endi esa u voyaga yetmaganlarga nisbatan ommaviy zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha guvohlik beradi. Dunyoviy mashhurlikning ana shunday o‘tadi.
Biroq bu katta janjal JP Morgan Chase hisoboti mavzusidan chalg‘ish darajasigacha taassurot qoldirmaydi. Chunki bunday gigant aksiyalarining qulashi rasmiylar nimalarni yashirishga urinayotganini ayon qiladi: bank inqirozi allaqachon Amerika va Yevropani qamrab olgan.
Ammo bu butun dunyo uchun qanchalik xavfli? Axir, amerikaliklar o‘z muammolarini butun dunyoga tarqatishga ustalar-ku. Xususan, Rossiyaning bank sektorida uning izolyatsiya holatida ekanligi qo‘l kelmoqda. Ajablanarlisi shundaki, Avstriyaning Raiffeisen banki 2022-yilda Yevropa banklari orasida daromad bo‘yicha yetakchi o‘rinda bo‘ldi va aynan Rossiya bozorida ham deyarli yolg‘iz o‘zi qolgan. Bu yerda faqat Sberbank, rentabellik bo‘yicha unadan yaxshi natijalarga erishdi.
Tabiiyki, Yevropa rasmiylari hozir Rossiyani tark etishi va boshqalar qatori bankrot bo‘lishi uchun Raiffeisenga qattiq bosim o‘tkazmoqda. Xo‘sh, bu Rossiyani shiddatli iqtisodiy kulfatda klassik xavfsiz bandargoh ekanligini yana bir bor isbotlaydi.