AQSh Ukrainadagi Rossiya bilan “proksi-urushni” moliyalashtirmasligi kerak – kongressmen

© AP Photo / Cliff OwenChlen Palati predstaviteley SShA Mardjori Teylor Grin . Arxivnoe foto
Chlen Palati predstaviteley SShA Mardjori Teylor Grin . Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2023
Obuna bo‘lish
AQSh Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Ukraina Amerikaning 51-shtati emasligini eslatgan.
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. AQSh Ukrainadagi Rossiya bilan “proksi-urushni” moliyalashtirmasdan, tinchlik o‘rnatishga harakat qilishi kerak. Bu haqda AQSh Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Marjori Teylor Grin ma’lum qildi.
“AQSh Ukrainadagi Rossiya bilan “proksi-urushni” moliyalashtirmasdan, tinchlik o‘rnatishga harakat qilishi kerak”, - dedi u CBS telekanalining 60 Minutes dasturi chog‘ida.
Teylor Grin Ukraina AQShning 51-shtati emasligini eslatib, Vashtington tomonidan Kiyevga moliyaviy yordam va qurol-yarog‘ yetkazib berilishiga qarshi ekanini ta’kidladi.
“Biz o‘z chegaramizni himoya qilmayapmiz. Biz odamlarimizning muammolarini e’tiborsiz qoldirapmiz”, - deya qo‘shimcha qildi Kongress a’zosi.
Avvalroq Kuinnipek universitetining tadqiqot xizmati (Quinnipiac University Poll) amerikaliklar orasida o‘tkazilgan so‘rov natijalarini e’lon qilgan edi. Unga ko‘ra, amerikaliklarning 33 foizdan ziyodi Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga haddan ziyod yordam ko‘rsatapti deb hisoblaydi. So‘rovda qatnashganlarning yarmidan ko‘pi (52 foizi) AQSh prezidenti Jo Baydenning Ukraina inqiroziga nisbatan bo‘lgan siyosatidan norozi.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 2022-yil 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.

Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0